9 Aprel 2020 yil 1458

Rasmiy munosabat: unutmang! Qonun barcha uchun barobar...

Ba'zi ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo – "mushtumzo'rlarga nega chora ko'rilmayapti?”
Oltinsoy. "Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Jobu mahallasidan yozmoqdamiz. Qishlog'imizda boy oila bor, otalari Koreyada ishlaydi. Shu oila vakillari bir kambag'alni urib kaltakladi. Bu holat birinchi marta ro'y berayotgani yo'q. Negadir IIB xodimlari ham shunday holatda yarashishni tavsiya qilib ketadi. Mushtumzo'rlarga nega chora ko'rilmayapti?"mazmunidagi video murojaat yuzasidan, quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Joriy yilning 30 mart kuni taxminan soat 11:00lar chamasida, Oltinsoy tumani "Jobu" mahallasida yashovchi fuqaro M.A. o'zi bilan bir mahallada yashovchi kuyovi Sh.A.ni tumanning "Qorliq" mahallasi hududidan o'tuvchi "Oltinsoy" daryosi oldida o'rtalarida oldindan davom etib kelayotgan oilaviy ziddiyatlari sababli bir-birlari bilan tortishib, janjallashib qolishadi.
Janjal vaqtida M.A. qo'lida bo'lgan tayoq bilan Sh.A.ni boshiga bir marotaba urib, qasddan sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil tan jarohati etkazganligi, shuningdek, janjal vaqtida Sh.A. o'zini himoya qilish maqsadida M.A. yuz sohasiga qo'lini musht qilgan holatda urib, qasddan engil tan jarohati etkazganligi aniqlanadi. (Mazkur tan jarohatlari tegishli sud tibbiy ekspertiza xulosalari bilan tasdiqlangan).
Mazkur holat yuzasidan, Oltinsoy tumani ichki ishlar bo'limiga kelib tushgan xabarnomaga ko'ra, tergovga qadar tekshiruv harakatlari mas'ul xodimlari tomonidan olib borilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijalariga ko'ra, fuqaro M.A.ga nisbatan 2020 yilning 1 aprel kuni Oltinsoy tumani ichki ishlar bo'limi tergov bo'linmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sh.A.ning "Jobu" mahallasida yashovchi qaynotasi R.M.ning yashash uyida bir qancha fuqarolarning to'planib turgan video tasviri holati o'rganilganda, Sh.A. bilan M.A.larning janjallashishidan keyingi holat ekanligi, ushbu fuqarolar to'plangan vaqtida hech bir shaxs bir-birini urib tan jarohatlari etkazmaganligi va haqorat qilmaganligi aniqlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech