RASMIY MUNOSABAT: Termiz shahar "Kattabog'" mahallasi
Ijtimoiy tarmoqlarda "ijarada turgan qizlar o'zaro kelisholmay II nazorat punkitiga murojaat qilishgan. Lekin milisiya xodimi arizani qabul qilmagan. Shikoyatchi va milisiya xodimi o'rtasida tortishuv yuzaga kelgan. Surxondaryo viloyati Sherobod tumani" sarlavhasi ostida tarqalgan video murojaat yuzasidan.
Mazkur video murojaat Termiz shahar bo'yicha IIO FMB mas'ul xodimlari tomonidan o'rganilganida quyidagilar aniqlandi.
Termiz shahar "Kattabog'" mahallasi Navbaxor ko'chasi 86-uyda yashovchi fuqaro Ashurova Zilola Sobirjon qizi va Termiz shahri A.Navoiy mahallasida yashovchi fuqaro Xayitmo'minova Mushtariy Boxodir qizi 2020 yilning may oyidan avgust oyiga qadar Termiz shahar "Alpomish" mahallasida joylashgan fuqaro Boboxonova yulduzga tegishli bo'lgan 37-uyda ijarada yashab kelib, 2020 yil 08 sentyabr kuni Termiz shahar bo'yicha IIO FMB 4-sonli IIB HPG profilaktika katta inspektori kapitan N.K.Ergashevning xizmat xonasiga kelib, uy egasi yu.Boboxonova ularni har-xil tuxmatlar qilib uyidan chiqarib yuborganligi, shu uyda o'ziga tegishli uy-ro'zg'or buyumlarini qolib ketganligini, shu buyumlarini olib berishda amaliy yordam so'rab murojaat qilgan. Profilaktika inspektori holatga oydinlik kiritish maqsadida fuqaro yu.Boboxonovaga qo'ng'iroq qilib, u bilan suhbatlashayotgan vaqtda fuqaro Z.Ashurova va M.Xayitmo'minovalar bilan birga kelgan fuqaro Ergasheva Xolida ushbu masalaga hech qanday aloqasi bo'lmasada, suhbat jarayoniga aralashib, xonada shovqun-suron ko'targanligi uchun profilaktika inspektori uni xonasidan chiqarib yuborgan bo'lib, hozirda mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o'tkazilmoqda.
Shuningdek, 2020 yil 19 sentyabr kuni fuqarolar Z.Ashurova va M.Xayitmo'minovalarning murojaati Termiz shahar bo'yicha IIO FMB 4-sonli IIBdagi shakl-2 kitobiga qayd etilib, Termiz shahar IIO FMB 4-sonli IIB HPG profilaktika katta inispektori kapitan N.K.Ergashev tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati