RASMIY MUNOSABAT: Termiz shahar "Farhod" mahallasi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Assalom aleykum men Tashtemirov Akmal Bobayevich Surxandaryo viloyati Termiz shaxridanman. Men 7 yil davomida kollejga ishlab kelgandim va kollejlar faoliyati tugatilganligi sababli xozirda ishsiz qoldim shu sababli iqtisodiy tamondan qiynalib qoldim Oilam Chorshanbiyeva Aziza bu qiyinchiliklarga chidolmay uydan chiqqib ketib qoldi. Shu sababli ayolimni uyidagilari yani Qaynotam Chorshanbiyev Toyir aka va Qaynonam Jórayeva Óĝiloy qizlari, óĝillari va boshqa ózini tanishlari bilan noqonuniy SUDNI QARORISIZ bir necha bor uyimga kuvalda kótarib kelib zóravonlik qilib uyimdagi narsalarni kótarib olib ketdi dóq pópsa va qól kótarib sókinib uyimni remontlarini buzib qópparib ketishdi va ózimga tegishli bólmagan tanishimni moshinasini mani urib tan jarxoti yetkazib zóravonlik qilib olib ketdi, moshindi egasi mendan moshinasini talab qilyapti sóryapti 14 mln qarz bólib ketdim moshindi egasidan berolmiyapman. Va bu narsalarga I.I.B xodimlari jim qarab turdi Farxod maxallasi xam Jim turdi tomosha qilib. Moshinani olish uchun Navróz maxallasini uchaskavoyiga murojjat qildim Uchaskavoy aytib turgan narsalarni yozib berdim keyin bu masala bóyicha bizga uchrashmang biz bu narsalarga aralashmaymiz yordam berolmaymiz deb menga yordam bermay kelyapti keyin moshindi egasi va men Ichki ishlar vazirligi, Respublika prokaratura, Prezident portali, Shaxar Prokraturasi, Termiz shaxar I.I.B ga murojjat qildim xechqanday natija yóq sababi Qaynotamni I.I.B nachalnik militsalari va xodimlari tanishi dósti bu yerda tanish bilishchilik karupsiya avj olgan Ózbekistonda xaqiqat bormi yo faqqat kimni puli bólsa qonun shunikimi? Moshindi olib berishlaringda amaliy yordam sóriyman iltimos xam talab sizlardan. Qaynonam Jórayeva Óĝiloy Termiz shaxar 8 - maktabda óqituvchi bólib ishlab turib ózi shu narsalarni amalga oshirib turubdi lekin ózini qiziga tarbiya bermagan! Moshindi olishda amaliy yordam sóriyman Ózbekistonda xaqiqat bólsa yordam qiliylar Ózbekistondan kónglim qolib ketyapti!"sarlavhasi ostida tarqalgan video murojaat yuzasidan.
Mazkur video murojaat Termiz shahar bo'yicha IIO FMB mas'ul xodimlari tomonidan o'rganilganida quyidagilar aniqlandi.
Termiz shahar "Farhod" mahallasi Tojmahal ko'chasi 39-uyda yashovchi fuqaro Toshtemirov Akmal Bobaevich 2020 yil iyun oyida turmush o'rtog'i Chorshanbieva Aziza Toirovna bilan o'zaro oilaviy masalalarda janjallashib qolganligi, turmush o'rtog'i A.Chorshanbieva Termiz shahar "Navro'z" mahallasida joylashgan otasi Chorshanbiev Toirning yashash uyiga turmush o'rtog'i bilan kelisholmaganligi sababli qaytib kelganligini, fuqaro A.Toshtemirov turmush o'rtog'ini yashash uyiga qaytarib olib kelish maqsadida Termiz shahar Navro'z mahallasida joylashgan turmush o'rtog'ining otasi T.Toshtemirovning xonadoniga borganligini, A.Toshtemirov turmush o'rtog'i A.Chorshanbieva bilan o'zaro suhbatlashib turgan vaqtida turmush o'rtog'ining otasi T.Toshtemirov va uning o'g'li Azamat Qurbonov va Ug'iloy Djumaevalar uni urib, uning o'rtog'iga tegishli bo'lgan NEXIA-3 rusumli avtomashinasini o'zboshimchalik bilan olib qo'yganligini ma'lum qilib, T.Toshtemirov uning o'g'li A.Qurbonov, A.Chorshanbieva hamda O'.Qurbonovalarga nisbatan qonuniy chora ko'rishlikni, uning o'rtog'iga tegishli bo'lgan NEXIA-3 rusumli avtomashinasini T.Toshtemirovdan olib berishlikni so'rab, Termiz shahar bo'yicha IIO FMB boshlig'i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Mazkur murojaat yuzasidan, Termiz shahar 2-sonli IIB HPB profilaktika inspektori leytenant N.Boymurodov tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Tekshruvlar natijasiga ko'ra, A.Toshtemirovdan tushuntirish xati olinganda, nima sababdan uning o'rtog'iga tegishli bo'lgan avtomashinani turmush o'rtog'ining otasi T.Toshtemirov o'zboshimchalik bilan olib qo'yganligi so'ralganida, A.Toshtemirov turmush o'rtog'ining otasi T.Toshtemirovdan 60 000 000 (oltmish million) so'm qarz olganligini, turmush o'rtog'ining otasi ushbu bergan qarzini qaytarib berishini so'raganligini, shundan so'ng uning o'rtog'iga tegishli bo'lgan NEXIA-3 rusumli avtomashinani qaytarishini aytganligini o'z tushuntirish xatida yozib bayon etgan.
Tergovga qadar tekshiruv jaranyonida fuqaro A.Toshtemirov boshqaruvidagi NEXIA-3 rusumli avtomashinanining qalitini fuqaro u.Djumaeva olib qo'yganligi aniqlangan.
Termiz shahar 2-sonli IIB HPB profilaktika inspektori leytenant N.Boymurodov tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib tomonlarning xatti xarakatlari yuzasidan ma'muriy javobgarlik bo'yicha A.Qurbonovga nisbatan o'z.Res. MJTKning 52-moddasi 2-qismi va fuqaro u.Djumaevaga nisbatan 200-moddasiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasiylashtirilib, 2020 yil 16 iyun kuni to'plangan hujjatlar Termiz shahar ma'muriy sudiga yuborilgan.
Ma'muriy ishlar bo'yicha Termiz shahar sudining 2020 yil 03 iyul kunidagi qaroriga asosan fuqaro u.Djumaeva O'z.Res. MJTKning 200-moddasida ko'rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib ogoxlantirilgan, fuqaro A.Qurbonov O'z.Res. MJTKning 52-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan hamda jabrlanuvchi A.Toshtemirovga etkaztilgan moddiy va ma'naviy zararni undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat etish huquqi tushuntirilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati