Rasmiy munosabat: "Surxondaryodagi qishloq yo'li karantinga qanday yopildi" sarlavhali maqola yuzasidan
Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryodagi qishloq yo'li karantinga qanday yopildi" sarlavhasi ostida e'lon qilingan maqola yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
2020 yilning 15 mart kuni O'zbekiston Respublikasi hukumati rahbariyati boshchiligida navbatdan tashqari yig'ilishida, joriy yilning yanvar, fevral va mart oylarida dunyoning bir nechta mamlakatlarida shuningdek, O'zbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahrida ham fuqarolarda koronavirus "COVID 19" pandemiyasi infektsiyasi kasalligi aniqlangan.
Ushbu o'ta xavfli va yuqumli kasallikning aholi o'rtasida tez tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, Surxondaryo viloyatida favqulodda holat e'lon qilingan.
Shu bois Oltinsoy tumani aholisining hayoti, fuqarolar sog'ligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida, tumanning "Hayrandara" mahallasi hududida jami 3600 nafar aholi istiqomat qiladi.
Mahallaning ushbu hududidagi mavjud 3 ta ichki kirish 400 metr oraliqdagi masofadagi yo'llari atrofida 30 ta xo'jalikda 203 nafar aholi istiqomat qiladi.
Mazkur, Oltinsoy tumanidagi "Hayrandara" mahallasi bilan Denov tumani "Dahana" mahallasi hududini tutashtiruvchi yo'lda blok postlar tashkil etilgan bo'lib, karantin qoidalariga rioya etmasdan fuqarolar o'z yashash uylaridan bemaqsad chiqishlarining oldini olish maqsadida blok post atrofida aylanma ichki yo'llardan kirishi va chiqishi blok postdan o'tish orqali yopilgan.
Tuman markazidan "Hayrandara" blok posti orqali harakatlanadigan tez tibbiy yordam avtomashinalari va boshqa maxsus avtomashinalarning mahalla hududiga kirib chiqishi uchun barcha chora-tadbirlar belgilangan.
Shuningdek, mahalla hududiga kirib chiquvchi qo'shimcha yo'llar qo'shni tuman hududidan kirib kelishi uchun yo'llar vaqtinchalik kovlanib, ba'zilariga beton to'siqlar qo'yilgan. Bu esa fuqarolarimiz tomonidan o'z boshimchalik bilan karantin qoidalarining buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.
"Hayrandara"mahallasi hududidagi qo'shni tuman bilan bog'lovchi ichki qo'shimcha yo'llarning yopilishi va to'siq qo'yilishi, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning xavfsizligi va sog'ligiga zarari tegmasligi, aksincha karantin davrida har bir fuqaroning xavfsizligi hamda sog'ligini saqlash uchun xizmat qilishini ma'lum qilamiz.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati