Rasmiy munosabat: "Surxondaryoda... maktab o'quvchilari o'rtasidagi ayovsiz mushtlashuv..."sarlavhasi ostidagi videolavha yuzasidan
Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryoda bo'lganligi aytilayotgan ushbu hodisada — maktab o'quvchilari o'rtasidagi ayovsiz mushtlashuv..."sarlavhasi ostidagi videolavha yuzasidan, Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasining mas'ul xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
2021 yil 26 oktabr kuni soat 15:00 larda Termiz shahar "Mehrabot" mahallasida yashovchi, voyaga etmaganlar shaharning 12-son umimiy o'rta ta'lim maktabining 7-sinf o'quvchisi F.A. hamda shu maktabning 6-sinf o'quvchisi S.Q. lar, tanaffus vaqtida yo'lakda bir-biriga turtinib ketishi oqibatida maktab hovlisida o'zaro janjallashib qolishganligi hamda bir birlari bilan mushtlashganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan, hozirda Termiz shahar IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o'tkazilmoqda.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan, mazkur tergovga qadar tekshiruv harakatlari nazoratga olindi, qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati