19 Oktyabr 2021 yil 775

Rasmiy munosabat: "Surxondaryoda jabr chekkan fuqaro murojaati" sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryoda jabr chekkan fuqaro murojaati" sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan, O'zbekiston Respublikasi IIV mas'ul xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
Joriy yilning 20 iyul kuni Termiz shahar "namuna" mahallasida yashovchi fuqaro M.S. (jabrlanuvchining onasi) Termiz tumani IIB boshlig'i nomiga ariza bilan murojaat qilib, arizasida 2021 yil 19 iyul kuni soat 17:00 larda, 2005 yilda tug'ilgan qizi M.S.(jabrlanuvchi qiz)ni mahallasida yashovchi fuqaro K.T. va F.Z.lar kimsasiz joyga olib borib, qizining kiyimlarini echib, turli uyatli ishlarni qilganini, shu sababli fuqaro K.T. va F.Z.larga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.
Fuqaro M.S.(jabrlanuvchining onasi)ning mazkur arizasi 2021 yil 20 iyul kuni Termiz tumani IIBda qayd etilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, hodisa joyi Angor tumani hududiga kirganligi sababli tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borishlik uchun to'plangan hujjatlar Angor tumani IIBga yuborilgan.
Fuqaro M.S.(jabrlanuvchining onasi)ning mazkur arizasi 2021 yil 26 iyul kuni Angor tumani IIBda qayd etilib, tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borishga kirishilgan.
Viloyat sud tibbiyot ekspertiza byurosining 2021 yil 23 iyuldagi xulosasiga ko'ra, M.S.(jabrlanuvchi qiz)ning tana a'zolarida biror-bir tan jarohatlari va ularning qoldirgan izlari aniqlanmaganligi, qizlik iffati anatomik butunligi buzilmaganligi, og'iz bo'shlig'i atroflarida, jinsiy a'zosi va orqa chiqaruv teshigi atroflarida biror-bir tan jarohatlari va ularning qoldirgan izlari aniqlanmaganligi ko'rsatib o'tilgan.
Angor tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan 2021 yil 16 avgust kuni fuqaro F.Z.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilganligi holati yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda, jabrlanuvchi voyaga yetmagan M.S.(jabrlanuvchi qiz)ning otasi, 2021 yil 6 oktabr kuni soat 9:30larda G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi) Termiz shahar "eski shahar" mahallasida joylashgan Surxondaryo viloyati sud tibbiy ekspertizasi binosiga kelib, ekspert xodimni qo'pol so'zlar bilan haqorat qilgan.
Shu vaqtda ekspert xodim hududiy profilaktika inspektorining uyali telefoniga qo'ng'iroq qilib, fuqaro G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi)ning noo'rin harakatlari yuzasidan og'zaki murojaat qilgan.
Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati sud tibbiy ekspertizasi binosi yonida ish yuzasidan turgan Termiz shahar IIBning sakkiz nafar xodimlar fuqaro G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi)ning bu noo'rin xatti-harakatlarini ko'rib, undan jamoat tartibini buzmasligini talab qilishganlarida, fuqaro G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi) ularning qonuniy talabiga bo'ysunmagan va o'zining jamiyatda yurish turish qoidalarini ko'r-ko'rona namoyish etib, turli xil qo'pol so'zlar bilan haqorat qilishda davom etgan.
Shu sababli ushbu xodimlar o'zlari kelgan "Damas" rusumli, xizmat avtomashinasida fuqaro G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi)ni Termiz shahar IIBga olib borib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida, avtomashinaga mindirmoqchi bo'lganlarida fuqaro G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi) avtomashinaga minmasligini aytib, faol qarshilik ko'rsatganida IIO xodimlari unga kuch ishlatib, "Damas" rusumli avtomashinaga mindirib, Termiz shahar IIBning ikki nafar xodimlari birgalikda Termiz shahar IIBga shu kuni soat 10:30 larda olib kelib, IIB hududidagi maxsus so'rov xonaga olib kirishgan.
Shu vaqtda fuqaro G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi)ning sud tibbiy ekspertizasiga birgalikda borgan turmush o'rtog'i fuqaro M.S.(jabrlanuvchining onasi) va qizi M.S.(jabrlanuvchi qiz)lar shahar IIBga ularning ortidan yetib kelishgan.
Ushbu holat bo'yicha hududiy profilaktika inspektori fuqaro G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi) va uning turmush o'rtog'i M.S. (jabrlanuvchi qiz)lardan so'rovxonada (videokuzatuv yordamida) tushuntirish xati olgan.
Fuqaro G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi) shu vaqtda holat bo'yicha batafsil tushuntirish xati yozib berishi jarayonida biror-bir ichki ishlar xodimlariga e'tirozi yo'qligini va hech qanday tan jarohati olmaganligini ma'lum qilgan.
Mazkur holat bo'yicha profilaktika inspektori tomonidan fuqaro G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi)ning O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, soat 13:20 larda so'rovxonadan chiqib ketishgan.
Bundan tashqari, Termiz shahar IIB HPB profilaktika inspektorining ish yurituvida, Termiz shahar "namuna" mahalla raisi I.M.ismli ayolning fuqaro g.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi) uni 2021 yil 11 avgust kuni uyali telefoni orqali qo'pol so'zlar bilan haqorat qilganligi va 2021 yil 19 avgust kuni uyali telefoniga SMS xabar yozib, haqorat qilganligi sababli unga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'rab yo'llagan murojaati yuzasidan huquqbuzar G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi)ga nisbatan to'plangan hujjatlar mavjud bo'lgan.
2021 yil 6 oktabr kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Termiz shahar sudida, videokonferentsiya rejimida bo'lib o'tgan sud jarayonida, fuqaro G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi)ning 2021 yil avgust oyida Termiz shahar "namuna" mahalla raisi I.M. ismli ayolni va 2021 yil 6 oktabr kuni Surxondaryo viloyati sud tibbiyot ekspertizasi espertini haqorat qilganligi hamda Termiz shahar IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi yuzasidan to'plangan hujjatlar ko'rib chiqilib, sudning qaroriga ko'ra, G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi) O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning "183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli"-deb, topilib, unga nisbatan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Fuqaro G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi)ning Termiz shahar IIB xodimlari uni urib tan jarohati etkazganligi to'g'risidagi vajlari yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, 2021 yil 6 oktabr kuni Termiz shahar IIB xodimlari viloyat sud tibbiyot ekspertizasi binosi yonida G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi)ni shahar IIBga olib bormoqchi bo'lganlarida, xodimlarning qonuniy talabiga bo'ysunmasdan, faol qarshilik ko'rsatgan vaqtda jismoniy kuch ishlatib, avtoulovga mindirganligi, bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirganliklari ma'lum bo'ldi.
Hozirda fuqaro G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi)ning mazkur videomurojaati yuzasidan xizmat tekshiruvi o'tkazish belgilangan bo'lib, kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.
Shu o'rinda, fuqarolarimiz hamda ba'zi bir ijtimoiy tarmoq faolligini da'vo qilayotgan blogerlarimizga shuningdek, fuqaro G.Sh.(jabrlanuvchi qizni otasi)ga O'zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari to'g'risidagi (Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda ma'qullangan) qonunining 5-bob. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o'qotar qurolni qo'llash
22-moddasiga bir ko'z yugurtirishlarini iltimos qilib so'ragan bo'lar edik, zora, kim haq - kim nohakligiga zig'ircha bo'lsa ham ishonch uyg'onsa!
21-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o'qotar qurolni qo'llash shartlari
11-bandiga asosan ichki ishlar organi xodimlari tomonidan; "Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o'qotar qurolni qo'llash qonunda belgilangan asoslar bo'yicha va tartibda amalga oshirilgan bo'lsa, ichki ishlar organi xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki o'qotar qurolni qo'llash chog'ida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo'lmaydi.
22-modda. Jismoniy kuch ishlatish
Agar kuch ishlatilmaydigan usullar ichki ishlar organi xodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlamasa, u quyidagi hollarda shaxsan o'zi yoki bo'linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qo'llash huquqiga ega bo'ladi:
jinoyatlarga va ma'muriy huquqbuzarliklarga chek qo'yish uchun;
jinoyatlar yoki ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;
ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko'rsatilishini bartaraf etish uchun.
Ichki ishlar organi xodimi ushbu qonunda maxsus vositalar yoki o'qotar qurol qo'llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.
Videomurojaat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ish Surxondaryo viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech