25 Avgust 2021 yil 2168

Rasmiy munosabat: "Surxondaryoda 2 ta maktab direktorlari oilalari o'rtasida katta janjal bo'ldi" va "Qumqo'rg'on tumani 59 maktabda nimalar bo'layapti o'zi" videolavha yuzasidan

Dastlab ba'zi bir ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 23 avgust kuni "Surxondaryoda 2 ta maktab direktorlari oilalari o'rtasida katta janjal bo'ldi" sarlavhali videolavhalar tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari o'rganish ishlari olib borganida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan joriy yilning 23 avgust kuni "Surxondaryoda 2 ta maktab direktorlari oilalari o'rtasida katta janjal bo'ldi" va 24 avgust kuni "Qumqo'rg'on tumani 59 maktabda nimalar bo'layapti o'zi" videotasvirlarda qayd etilgan voqea 2021 yil 23 avgust kuni soat 10:00 larda Qumqo'rg'on tumani 59 sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'qituvchi bo'lib ishlovchilar R.X.Azizbek, N.A.Nasiba, N.A.Nurilla va M.T.Baxtiyorlar o'zlariga oldindan tanish bo'lgan shu maktabda o'qituvchi bo'lib ishlovchi D.B.Xaitmurod bilan 59 maktab xovlisida o'zaro kelishmovchilik sababli bir birlari bilan janjallashib, urib-do'pposlab, badanga engil shikast etkazishda ifodalangan bezorilik jinoyatini qasddan sodir etishgan.
Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 24 avgustda Qumqo'rg'on tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan R.X.Azizbek, N.A.Nasiba, N.A.Nurilla, M,T.Baxtiyor va D.B.Xaitmurodlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, shu kuning o'zida gumon qilinuvchi R.X.Azizbek, N.A.Nurilla, M,T.Baxtiyor va D.B.Xaitmurodlar O'zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirgi kunda Qumqo'rg'on tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotganligi ma'lum qilinadi va kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech