17 Dekabr 2021 yil 625

Rasmiy munosabat: "Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida blogerni oilasiga tahdid" sarlavhasi ostidagi videolavha yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida blogerni oilasiga tahdid" sarlavhasi ostidagi videolavha yuzasidan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
Joriy yilning 3 dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida bo'lgan jinoyat ishi yuzasidan, Oltinsoy tumani "Bo'ston" mahallasida yashovchi fuqaro A.Otabekning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklarida ishga aloqador ashyolar saqlanayotgan bo'lishi ehtimoli borligi nazarda tutilib, prokuratura idoralarining sanktsiyasiga asosan uning yashash uyida qonunda belgilangan tartibda tintuv tergov harakatlari o'tkazilgan.
Tintuv tergov harakati davomida ishga aloqador ashyolar aniqlanmagan va olinmagan.
Xodimlar tomonidan noqonuniy hatti-xarakatlar bo'lmaganligi ma'lum bo'ldi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech