13 Noyabr 2020 yil 658

RASMIY MUNOSABAT: Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

2020 yilning sentyabr oyida fuqaro K.Djumaevning tuman IIB xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi bo'lib ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan video murojaatiga 2020 yilning 25 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan bo'lib, fuqaro K.Djumaev ushbu rasmiy munosabatdan ham norozi bo'lib, 2020 yilning 01 noyabr kuni o'zining ijtimoiy tarmoqdagi ""BLOGER va Qonun"" telegramm kanali orqali "Alloh taoloni oldida tuxmat qilishdan qo'rqmaydigan, vijdonsiz Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati xodimlari" sarlavhasi ostida tarqatgan murojaati yuzasidan.

Aniqlanishicha, 2020 yil 17 sentyabr kuni soat 17:10 lar chamasida fuqaro D.Sharapova fuqarolar K.Djumaev va g.Kadirovalar bilan ularning Jarqo'rg'on tumani "Mingchinor" mahallasidagi yashash uyining oldida shaxsiy kelishmovchilik yuzasidan janjallashib, bir-birini haqorat qilib sha'ni va qadr-qimmatini kamsitishgan.

2020 yilning sentyabr oyida Jarqo'rg'on tumani IIB mas'ul xodimlari tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilganda, fuqarolar D.Sharopova va g.Qodirovalarning harakatlarida O'zR MJTKning 41-moddasi hamda fuqaro K.M.Djumaevning harakatlarida MJTKning 40 va 41-moddalarida ko'rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi uchun to'plangan hujjatlar 2020 yil 22 sentyabr kuni qonuniy to'xtamga kelishlik uchun ma'muriy ishlar bo'yicha Jarqo'rg'on tuman sudiga yuborilgan.

2020 yilning 02 oktyabr kuni Jarqo'rg'on tuman ma'muriy sudi tomonidan fuqaro K.Djumaevning harakatida O'zbekiston Respublikasi MJTKning 40-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning alomatlari mavjud bo'lmaganligi sababli, ishning ushbu qismi MJTKning 271-moddasi 1-bandiga asosan harakatdan tugatilib, fuqarolar D.Sharapova, G.Qodirova va K.Djumaevlar O'zbekiston Respublikasi MJTKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, huquqbuzarlar D.Sharapova, G.Qodirova va K.Djumaevning shaxsini, sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyatini, aybiga iqrorligi va qilmishidan chin ko'ngildan pushaymonligini, oilaviy sharoitini, da'vo yo'qligini inobatga olib, insonparvarlik tamoyillarini qo'llagan holda ushbu fuqarolarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJTKning 21-moddasini qo'llab, ogohlantirilgan.

Ma'lumot o'rnida aytadigan bo'lsak, fuqarolar tomonidan IIB xodimlarining hatti harakatlaridan norozi bo'lib ijtimoiy tarmoqlar orqali har qanday maqola yoki videolavhalarga viloyat IIB axborot xizmati xodimlari tomonidan o'z vaqtida huquqiy munosabat bildirib, Internet tarmoqlari orqali tasdig'ini topmagan xabarlarning tarqalishi va IIB xodimlariga nisbatan asossiz salbiy fikrlarning shakllanishining oldi olinib kelinmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatiф

Text to speech