26 Noyabr 2020 yil 1097

RASMIY MUNOSABAT: Qumqo'rg'on tumani "Jaloir" mahallasi

Qumqo'rg'on tumani "Jaloir" mahallasi "Istiqlol" ko'chasi 7 uyda yashovchi fuqaro Bobojonova Nazira Sapoevna 2020 yil 23 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga murojaat qilib, o'z murojaatida mahalladoshlari fuqarolar Ilxom Xalmamatov va Chori Xo'jamqulovlar uning yashab turgan uyini tortib olayotganligini, tegishli joylarga murojaat qilganligi, biroq shu vaqtga qadar natija bo'lmayotganligini, shu sababli amaliy yordam berishni so'rab ijtimoiy tarmoqlardagi "Facebook" messendjerining "xalq va davlat / narod I gosudarstvo" saxifasiga "Zafar Ataxanov" nomli foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan video murojaati yuzasidan.
Mazkur holat yuzasidan Qumqo'rg'on tumani IIB mas'ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Ushbu masalada fuqaro N.Bobojonova 2019 yil 21 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ishonch telefoniga fuqaro I.Xalmamatovning harakatlaridan norozi bo'lib qilgan murojaati yuzasidan Qumqurg'on tumani IIB mas'ul xodimi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, fuqaro I.Xalmamatovning harakatlarida biron-bir jinoyat yoki huquqbuzarlik alomatlari yo'qligini aniqlab, 2019 yil 02 iyul kuni jinoyat ishini qo'zg'atishdan rad etish haqida qaror qabul qilingan.
Shundan so'ng 2020 yilning iyun oyida N.Bobojonova yuqoridagi holat yuzasidan takroran murojaat qilib, mahalladoshlari Ilxom Xalmamatov va Chori Xo'jamqulovlar uning yashab turgan uyini tortib olayotganligini va unga tazyiq o'tkazib uyidan chiqarib yubormoqchi bo'layotganligini ma'lum qilgan.
Fuqaro M.Bobojonova O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ishonch telefoni va boshqa huquqni muxofaza qiluvchi organlarga ushbu mazmundagi jami 10 dan ortiq murojaatlar qilgan, ushbu murojaatlar bo'yicha tushuntirish berish uchun tuman IIB ga kelishi so'ralganda yoki uning yashash xonadoniga borilganda, asossiz ravishda ko'rsatma berishdan bosh tortganligi, shu sababli har bir holat yuzasidan mutasaddilar tomonidan dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.
Ushbu holat bo'yicha sobiq "Jaloir" MFY raisi X.Boyqobilovdan so'ralganda, N.Bobojonovaning ushbu masaladagi murojaatlari yuzasidan ilgari xam bir nechta tegishli mutasaddi tashkilot xodimlari kelib, murojaati o'rganilganligi va xech qanday qonun buzilish holatlari aniqlanmaganligi sababli fuqaro N.Bobojonovaning murojaatida ko'rsatilgan vajlar o'z tasdig'ini topmagan deb xulosalar chiqarib ketganligini ma'lum qilgan.
Tekshirish davomida N.Bobojonovaning qo'ni-qo'shnilari va mahalla fuqarolar yig'ini faollaridan holat bo'yicha so'ralganda, ular arizada ko'rsatilgan holatlar sodir etilmaganligini, unga fuqaro I.Xolamamatov xech qanday tazyiq yoki zo'ravonlik o'tkazmaganligini ma'lum qilishgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech