13 Sentyabr 2020 yil 957

RASMIY MUNOSABAT: Muzrabot tumani

Ijtimoiy tarmoqlarda " video! Ushbu ayolga yordam kerak, uning aytishicha shaxsiy Neksiya avtomashinasini ijaraga foydalanish uchun bergan. Ijaraga olgan inson esa boshqa bir tanishiga foydalanish uchun bergan.
U olgan odam xam avtomashinasini avariya qildim deb bo'laklarga bo'lib sotib yuborgan.
U ayolga esa agar bir joyga murojat qilsang deb taxtid qilyapdi.
IIV murojaat qilgan, endi esa profilaktika inspektori kelib arizasini qaytarib olishini, aks holda unga yomon bo'lishini aytyapti.
P.s mas'ullar tezda nazoratga olishlarini so'raymiz."degan video murojaat yuzasidan

Mazkur video murojaatni Muzrabot tumani IIB mas'ul xodimlari tomonidan o'rganilganida quyidagilar aniqlandi.

Muzrabot tumani "yangi Diyor" maxallasida doimiy istiqomat qiluvchi fuqaro Badirova Sabohat Zayniddinovna Internet ijtimoiy tarmoqlariga video murojaat qilib, unda o'ziga tegishli bo'lgan Neksiya avtomashinasini tumanning "yangi xayot" maxallasida yashovchi 1999 yil 30 iyulda tug'ilgan fuqaro Yusupov Umid Rustam o'g'li ijaraga olib, xozirgi kunga qadar ijara pulini bermasdan kelayotganini hamda ushbu avtomashinani boshqa bir shaxsga sotib yuborganligini, ushbu masalada huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilganini, lekin natija bo'lmaganligini bayon qilgan.
Bundan tashqari, fuqaro S.Badirova aybdorlar tomonidan unga nisbatan "Agar ushbu avtomashina masalasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilsang oila a'zolaringga avtomashinani puli bilan ham qoplab bo'lmaydigan zarar etkazaman" deb tahdid bo'lganini bayon qilgan.

Mazkur video murojaat o'rganilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi:

Fuqaro S.Z.Badirova joriy yilning 7 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga veb-sayt orqali murojaat qilib unda, turmush o'rtog'i Baratov Shokir Bo'rievichga tegishli bo'lgan "Neksiya" rusumli avtomashinasini Muzrabot tumanida yashovchi fuqaro u.R.Yusupovga 2019 yil 13 iyul kuni ijaraga foydalanish uchun berganligini, lekin xozirgi kunga qadar ijara pulini bermasdan kelayotganligini, avtomashinani uning ruxsatisiz daromad orttirish maqsadiga o'ziga tanish bo'lgan fuqaroga avtomashinani sotib yuborganini, so'ngra ular avtomashinani o'zini yoki ijara pulini bir necha marotaba so'rashganligiga qaramasdan fuqaro u.R.Yusupov ushbu ijara pulini bermasdan kelayotganini, shu sababli ushbu avtomashinani topib uyiga olib kelib berishligini hamda ijara pullarini aybdordan undirib berishlikda amaliy yordam so'ragan.
Mazkur murojaat, 2020 yil 11 iyul kuni Muzrabot tumani IIB tashkiliy bo'linma navbatchilik qismida yuritiladigan shakl-2 kitobiga qayd etilgan va tergovga qadar tekshiruv o'tkazishlik uchun tuman IIB XPB TP profilaktika katta inspektori katta leytenant J.Tashbaevga yuklatilgan.
Ushbu murojaat yuzasidan fuqaro u.R.Yusupov o'z tushuntirishida, 2019 yil 13 iyul kuni fuqaro S.Z.Badirovadan Neksiya avtomashinasini og'zaki kelishuv asosida oyiga bir million so'm ijara puli berish evaziga olganligini, shundan so'ng S.Badirovaga 1.250.000 (bir million ikki yuz ellik ming) so'm ijara puli berganligini, so'ngra fuqaro S.Badirova bilan kelisha olmaganligi sababli, unga tegishli bo'lgan Neksiya avtomashinasini qaytarib berganligini, ushbu kelishuv og'zaki bo'lganligini, xech qanday shartnoma tuzilmaganligini, avtomashinani bir oy davomida haydaganligini, oralarida hech qanday pul oldi-berdi qolmaganligini bayon qilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida, fuqaro S.Badirovaning turmush o'rtog'i Baratov Shokir Bo'rievich, Neksiya avtomashinasini, o'ziga ilgaridan tanish bo'lgan Muzrabot tumani "Yangihayot" mahallasida yashovchi fuqaro u.R.Yusupovga o'zaro og'zaki kelishuv asosida oyiga 1.000.000 (bir million) so'm pul evaziga ijaraga foydalanish uchun berganligi, ushbu ijara pullaridan ma'lum qismini olib, ma'lum qismini ololmaganligi, oradan sal vaqt o'tib, S.Z.Badirovaning turmush o'rtog'i Sh.Baratov avtomashinani o'ziga tanish bo'lgan Termiz shahrida yashovchi fuqaro Axmedov Bunyod Bo'riqulovichga 30.000.000 (o'ttiz million) so'mga sotishga kelishib, ushbu kelishilgan pullardan 6.500.000 (olti million besh yuz ming) so'mini avtomashinani sotib olgan B.Axmedovdan olganligini va bu holatni fuqaro B.Axmedov o'zining uyali aloqa vositasida videotasvirga olganligini, qolgan pullarni 1 hafta ichida olib kelib berishga kelishganligi aniqlangan hamda ushbu holatlar taqdim etilgan 2 ta videotasvirlar bilan to'liq o'z isbotini topgan.
Mazkur murojaat yuzasidan Muzrabot tumani IIB HPB TP profilaktika katta inspektori katta leytenant J.Tashbaev tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilib, natijasiga ko'ra, to'plangan hujjatlarda jinoyat alomatlari bo'lmaganligi sababli, 2020 yil 20 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat prosessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish xaqida qaror qabul qilinib, ariza muallifiga kelgusida ushbu nizoli ish bo'yicha tegishliligi bo'yicha fuqarolik sudiga murojaat qilishligi tushuntirilib, javob xati yuborilgan.
Fuqaro S.Z.Badirovaning turmush o'rtog'i Sh.Baratovga tegishli Neksiya avtomashinasini fuqaro u.Yusupov ijarada haydab yurgan vaqtida avtomashinasini yo'l transport hodisasi sodir etganligi haqida keltirgan vaji bo'yicha asosli va isbotlovchi dalillar mavjud bo'lmaganligi sababli mazkur holat bo'yicha ma'lumot mavjud emas.
Fuqaro S.Badirova o'zining videomurojaatida "agar avtomashina masalasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilsang oila a'zolaringga avtomashinani puli bilan ham qoplab bo'lmaydigan zarar etkazaman" deb fuqaro u.Yusupov tomonidan tahdid bo'lganini bildirgan, biroq tekshirishlar jarayonida fuqaro S.Badirovaning ushbu vaji o'z tasdig'ini topmagan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech