16 Avgust 2021 yil 574

Rasmiy munosabat: "Mirziyoev hukumati navbatdagi vahshiylikni sodir etdi, deb hisoblayman!"sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda "Mirziyoev hukumati navbatdagi vahshiylikni sodir etdi, deb hisoblayman!"sarlavhasi ostidagi videomurojaat yuzasidan, Oltinsoy tumani ichki ishlar bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
Oltinsoy tumanida 2021 yil 16 avgust kuni tungi soat 02:00 lar atrofida Oltinsoy tumani "Jobu" mahallasida yashovchi 1997 yilda tug'ilgan fuqaro u.Abdulaziz Oltinsoy tumani "Ipoq" mahallasida joylashgan Xamidning yangi qurilayotgan do'koni oldida o'ziga tegishli bo'lgan qora rangli kobalt rusumli avtomashinasida o'tirib, Oltinsoy tumani Qorliq mahallasida yashovchi o'rtog'i R.Ramazonni kutib turgan vaqtida uning oldiga Toshkent shahri Yunusobod tumanida doimiy ro'yxatda turuvchi, Oltinsoy tumani "Ipoq" mahallasida vaqtincha yashovchi 1986 yilda tug'ilgan fuqaro A.Shaxzod mast holatda kelib, "nima uchun bu erda turibsan!"-deb, bir birlari bilan gap talashib, qo'pol so'zlar ishlatib o'zaro tortishib qolib A.Shahzod U.Abdulazizning avtomashinasini va o'zini oyog'i bilan tepib, urib ketganidan so'ng, u.Abdulaziz A.Shahzodni ham yuz qismiga bir musht urib tan jarohati etkazadi.
Natijada, U.Abdulaziz ushbu holat bo'yicha tuman IIBga kelib ariza bilan murojaat etgan. A.Shahzod ham ushbu vaqtning o'zida Oltinsoy tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilib, tuman IIBga holat yuzasidan shoshilinch xabarnoma jo'natilgan.
Mazkur holat yuzasidan, Oltinsoy tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech