15 Iyun 2020 yil 559

Rasmiy munosabat: ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Termiz shahar "Jo'yjangal" mahallasi Muqumiy ko'chasi 24 uyda istiqomat qiluvchi Valiev Abdulhakim hamda Haydarov Jasurlar o'rtasida shovqin suronli, janjalga o'xshash ziddiyatli video aks etganligi yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda "Sodiqova Madina (2-guruh nogironi) Termiz shahar Muqumiy ko'chasi 24 uyda chin etim bolalikdan nogiron tomonidan tasvirga olingan videoda aks etgan holat mas'ul xodimlar tomonidan o'rganilganida quyidagilar aniqlandi.

2020 yilning 14 iyun kuni taxminan soat 14:00 lar chamasida Termiz shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga Termiz shahar "Jo'yjangal" mahallasida janjal bo'layotganligi haqida xabar kelib tushadi.

Ushbu olingan xabar navbatchilik qismi tomonidan hududiy profilaktika inspektoriga etkiziladi.

Janjal bo'layotgan voqea joyiga Termiz shahar IIO FMB 3-sonli IIB huquqbuzarliklar profilaktika inspektorlari etib boradi.

Haydarov Jasur ismli tadbirkorning nonvoyxona (nonvoyxona uchun qurilgan bino) sining eshik va deraza oynalarini nonvoyxonaning yonida istiqomat qiluvchi fuqaro Valiev Abdulxakim "bu mening erim, bu er mening onamdan menga me'ros bo'lib qolgan. Sen shahar hokimining qarindoshisan" deb, nonvoyxona egasiga baqir-chaqir qilayotganligi, fuqaro A.Valievning spirtli ichimlik iste'mol qilganligi, yuzi va kiyimlari qon dog'lari bo'lib yotganligi sababli, unga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatish maqsadida, Termiz shahar tez tibbiy yordam ko'rsatish muassasasiga olib borilganida shifokor ko'rigi hamda narkologiya dispanseri ko'rigidan o'tishdan bosh tortganligi yuzasidan shifokor tomonidan ma'lumotnoma taqdim etilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ushbu janjal vaqtida fuqaro A.Valiev spirtli ichimlik iste'mol qilib, tadbirkor J.Haydarovning nonvoyxonasiga borib, u erda "er mening ota-onamdan meros bo'lib qolgan, bu erdan ket bo'lmasa, nonvoyxonangni buzib tashlayman, deb janjal ko'taradi". Shundan so'ng fuqaro A.Valiev erda yotgan toshni olib eshik va deraza oynalarini sindira boshlaydi. Bu holatni ko'rib turgan tadbirkor J.Haydarov, A.Valiev tomonidan binoning qolgan joylariga ziyon qilmasligining oldini olish maqsadida, uning qo'lidan ushlab, binoning ichiga olib kiradi hamda bu haqda Termiz shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga xabar beradi.

Mazkur holat yuzasidan, Termiz shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 3-sonli ichki ishlar bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan ish yurituviga olinib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea tafsiloti bo'yicha surishtiruv yakuni bilan qo'shimcha ma'lum qilinadi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech