18 Fevral 2023 yil 1196

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida IIO xodimlari va fuqaro o‘rtasida kelib chiqqan ziddiyat yuzasidan ma’lumot

Joriy yilning 31 yanvar kuni soat taxminan 15:00 larda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Oqarbuloq mahallasida joylashgan metan gaz quyish shahobchasiga, 1994 y.t fuqaro J.J. o‘z avtomashinasiga gaz quyish maqsadida navbatsiz, yo‘l qatnov qismining qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavfga qo‘yib shahobchaga kirishga uringan. 

Bu vaqtda ushbu hududga jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xizmatga jalb etilgan Surxondaryo viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati profilaktika inspektori katta leytenant O.E. fuqaro J.J.ga xatti-harakatlari noto‘g‘riligini va boshqalarni hurmat qilgan holda navbat bilan kirishi kerakligini tushuntirgan, lekin fuqaro O.E. xodimning tushuntirishiga qaramay, qonuniy talablarini bajarmagani natijasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan.

 Mazkur holat yuzasidan fuqaro J.J.ga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilgan, hamda katta leytenant O.E. va voqeaga aloqador boshqa IIO xodimlari xatti-harakatlari bo‘yicha mas’ul rahbarlar tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech