Rasmiy munosabat: ijtimoiy tarmoqlarda "Sho'rchi tumani Bobotog'mahallasida istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarning turar joy binolarini mahalla profilaktika inspektori tomonidan buzib tashlanayotganligi" holati aks etgan video murojaat yuzasidan
2020-yil 19-iyun'kuni tumanning Bobotog'maxallasida yashovchi fuqaro Yuldashova Momoxol Charievnaning o'zboshimchalik bilan mahalla xududida joylashgan ikki qavatli 16 xonadondan iborat 1 uy 10 xonadonida taxminan 2000 yillardan buyon yashab keladi.
Fuqaro M.Yuldashova 2008-yilda ushbu uyning orqa tarafidan qo'shnisi Fozilova Sanobar Turdievnaga tegishli bo'lgan 1 sotix er maydonini devor bilan o'rab olib, o'ziga xovli sifatida foydalanib kelgan.
Fuqaro M.Yuldashevaning qo'shnisi S.Fozilova o'ziga tegishli bo'lgan 1 sotix er maydonida qurilgan noqonuniy qurilishlarni buzdirish maqsadida tuman hokimining shaxsiy qabulida hamda Sho'rchi tumani uy joy kommunal xizmat ko'rsatish bo'limiga murojaat qilganligi yuzasidan, tuman xokimining ishchi guruhi tashkil etish va tasdiqlash to'g'risidagi qaroriga asosan ro'yxatga kiritilgan ma'sul xodimlar tuman xokimining o'rinbosari Sh.Shokirov, bilan birgalikda Yuldashova Momoxol Charievnaning o'zboshimchalik bilan egallab olgan er maydonini devor qismini buzish maqsadida kelgan vaqtda maxalla raisi F.Usmanova va profilaktika inspektori kapitan B.A.Meliqulovni buzish jarayonida jamoat tartibini saqlab turish uchun chaqirtirilgan va Yuldashova Momoxol Charievnaga belgilangan tartibda bir necha marta ogoxlantirish xatlari berilishiga qaramasdan o'z xohishi bilan o'zboshimchalik bilan egallab olgan erga qurilgan devorni buzib olmaganligi sababli tuman uy joy kammunal xizmat ko'rsatish bo'lim boshlig'i tomonidan tushintirish berishiga qaramasdan olib kelingan traktorda devorni buzmoqchi bo'lgan vaqtida Yuldashova Momoxol Charievna va kelini Mengto'raeva Nargiza Gulboy qizi devorning buzilishiga faol qarshilik ko'rsatib, traktor yordamida buzilishi kerak bo'lgan devor tagiga bolasi bilan o'tirib olgan vaqtida, ko'ngilsiz holat bo'lishining oldini olish maqsadida profilaktika inspektori B.Meliqulov o'zini tanishtirib, qarshilik ko'rsatmaslikni tushuntirib, "devor tagidan chetga o'ting! Hozir ustingizga devor qulashi mumkin deganida", "sen kimsan o'zi menga buyruq beradigan, nima ishing bor, men hozir balnisaga borib yotib olaman, meni urdi deb", baqir chaqir qilganida, profilaktika inspektori "qaerga borsangiz boring, urgan bo'lsam javob beraman, balnisaga borishingizga mashina ham qilib beraman lekin bu erdan qoching!"deb, aytganligi ma'lum bo'ldi.
Shundan so'ng, Yuldashova Momoxol Charievna bir kun muxlat so'rab bir kun ichida o'zi buzib olishini, o'zboshimchalik bilan egallab olingan erni o'rab turgan devorni buzib olishi uchun tuman obodonlashtirish boshqarmasidan ishchi xodimlarni yordamga berishini so'raganligi aniqlangan.
Ushbu joyda biror bir urish janjal bo'lib o'tmagan. Profilaktika inspektori noqonuniy qurilgan imoratlarni buzish uchun kelgan tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh hamda fuqarolar o'rtasida nizo kelib chiqishi hamda ko'ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida, jamoat tartibini saqlash uchun chaqirtirilganligi ma'lum bo'ldi.
Shuningdek, fuqaro Yuldashova Momoxol Charievna keltirgan vajlarida ushbu uch xonalik uyda uch oila yashab kelayotganligini bildirib o'tgan bo'lsada, lekin uning katta farzandi To'raev Samad Toshpulatovich oila a'zolari bilan aloxida uyga ko'chib chiqib ketganligini, hozirgi kunda tumanning Ibn Sino mahallasida istiqomat qilib kelayotganligi, ikkinchi farzandi To'raev Qurbonmurod Toshpulatovich esa oila a'zolari bilan birga tuman hokimi tomonidan turmush o'rtog'i Mamarajabova Qunduzning nomiga Sho'rchi tumani Joyilma mahallasi xududidan ajaratib berilgan 4 sotixli xovli uy joyda yashab kelayotganligi, Yuldashova Momoxol Charievna hozirgi kunda o'zi bilan birga yashab kelayotgan bir nafar o'g'li To'raev Ulug'bek Toshpo'latovich bilan birga yashab kelayotganligi va Yuldashova Momoxol Charievnaning nomiga tuman xokimligi tomonidan tumanning Joyilma maxallasida 4 sotix er maydoni ajratib berilganligi aniqlangan.
Shunga qaramasdan Yuldashova Momoxol Charievna o'zi yashab turgan ko'p qavatli uyning orqa tomonidan noqonuniy ravishda qurilish ishlarini qilib o'zboshimchalik bilan 1 sotix er maydonini egallab olganligi aniqlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati