Rasmiy munosabat; ijtimoiy tarmoqlarda "1 iyul kuni Surxondaryo viloyati Angor tumani Chinobod mahallasida shu erlik fuqarolar bilan Klaster fermer xo'jaligi xodimlari o'rtasida janjal ro'y berdi..."videomurojaat yuzasidan,
Angor tumani IIB mas'ul xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma'lum qilindi.
Angor tumani 2021 yilning 7 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali muhokamalarga sabab bo'lgan "1 iyul kuni Surxondaryo viloyati Angor tumani Chinobod mahallasida shu erlik fuqarolar bilan Klaster fermer xo'jaligi xodimlari o'rtasida janjal ro'y berdi. Klaster rahbari suv ochmaysan deb talab qilgan va natijada fuqarolar bilan janjal chiqqan. Klaster rahbari "ko'cha bezorilari"ni chaqirgan. Janjal chiqarganlar mast holatda bo'lgan. Angor tumani prokuraturasi va IIBdan holatni o'rganib, aybdorlarga qonuniy chora ko'rishlarini so'raymiz" videomurojaat yuzasidan, hozirgi kunda Angor tumani ichki ishlar bo'limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi profilaktika inspektori tomonidan dastlabki tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Kelgusida, mazkur ish yakuni bilan qo'shimcha ma'lumotlar taqdim qilinadi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati