RASMIY MUNOSABAT: Denov tumani "totuvli" mahallasi
Ijtimoiy tarmoqlarda " "totuvli" mahallasida totuvlikka zorbo'lgan, zug'umga uchragan, xo'rlangan ulug'yoshli keksa najot izlamoqda" degan video murojaat yuzasidan.
Mazkur murojaat yuzasidan Denov tumani bo'yicha IIO FMB mas'ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilganida quyidagilar aniqlangan.
Denov shahar "totuvlik" mahallasi "Guli Ra'no" ko'chasi 74-uyda yashovchi fuqaro Shaymardanov bo'ron Yullievichning tan jarohati olganligi haqidagi tuman Markaziy shifoxonasidan kelgan xabarnoma hamda B.Shaymardanovning tuman IIO FMB boshlig'i nomiga qilgan murojaatlari yuzasidan Denov tuman IIO FMB HPB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan, hamda fuqaroning murojaatlarida keltirilgan vajlar yuzasidan,xolatga ta'luqli fuqarolardan tushuntirishlar olingan hamda tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko'ra, ushbu xolatda fuqarolar Safarova Nafisa Toshmuratovna va Shaymardonov bo'ron Yullievich hamda boshqalarning harakatlarida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida ko'rsatilgan jinoyat alomatlari yuqligi sababli, to'plangan hujjatlar yuzasidan Jinoyat prosessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish haqida qaror qabul qilinib, fuqaro N.Safarovaning harakatlarida ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismi, fuqaro B.Shaymardanovning harakatlarida ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 41-moddasida ko'rsatilgan ma'muriy huquqbuzarlik aniqlanganligi sababli chora ko'rishlik uchun 2020 yil 31avgust kuni Denov tuman ma'muriy sudiga yuborilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati