RASMIY MUNOSABAT: Denov tumani "Chag'aniyon" mahallasi
Denov tumani "Chag'aniyon" mahallasida yashovchi bir gurux fuqarolarning "sobiq zo'ravon DXX xodimi qishloq ahliga zulum qilib kelmoqda Denov" nomi bilan "YouTube" ijtimoiy tarmog'iga qilingan murojaat yuzasidan.
Mazkur video murojaat Denov tumani bo'yicha IIO FMB mas'ul xodimlari tomonidan o'rganilganida qo'yidagilar aniqlangan.
Dastlabki to'plangan surishtiruv hujjatlarga ko'ra, 2020 yil 12 iyun kuni soat 16:00 larda Denov tuman "Chag'aniyon" mahallasida yashovchi fuqaro A.S. yashash uyi oldida o'zi bilan bir mahallada yashovchi fuqaro I.M. bilan tomorqasiga suv quyish masalasida o'zaro tortishib janjallashib qolib, janjal vaqtida S.A. va M.I.lar bir-birlarini qo'l va oyoqlari bilan urib tan jarohati etkazishi natijasida S.A. "o'rtacha" og'irlikdagi tan jarohati, M.I. "sog'liqning qisqa muddatga buzulishiga sababchi bo'lgan engil tan jarohati" olgan.
Yuqoridagi xolat yuzasidan fuqaro S.A. ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan fuqaro M.I. ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan gumon qilinuvchilar S.A va M.I. ga himoyachi huquqi ta'minlangan holda jinoyat ishi bo'yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, so'roq qilingan.
Gumon qilinuvchi M.I. va gumon qilinuvchi S.A. ga O'zbekiston Respublikasi JPKning 179-moddasi tartibida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlash qarorlari va ekspertiza xulosalari bilan tanishtirilgan.
Gumon qilinuvchi M.I. va gumon qilinuvchi S.A. larning ko'rsatuvlaridan kelib chiqib, ular o'rtasida yuzlashtirish tergov harakati o'tkazilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan fuqarolar M.X., R.X. (ayol), T.A., A.B., N.M., X.M., J.Yu., A.Yu., T.D., D.B. (ayol), q.I., U.R., X.X., O'.X., U.X., X.B., A.S., X.T., Sh.Z., T.A., U.M. va boshqalar guvoh tariqasda batafsil so'roq qilingan.
Gumon qilinuvchi M.I. dan 1 dona pichoq hujjatlashtirilib olingan bo'lib, ushbu pichoq tanib olish uchun S.A. ga ko'rsatilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan gumondorlardan 1 dona pichoq, 3 dona bita tayog'i hamda 1 dona temir kastet hujjatlashtirilib olingan va daliliy ashyo deb topilgan.
Jinoyat ishining fuqaro A.T., Z.Sh., S.A., X.O'. va X.U. larga nisbatan bo'lgan qismi harakatdan tugatilib, ushbu fuqarolarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJTKning 183-moddasi, 194-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy chora ko'rishlik haqida qaror qabul qilinib, to'plangan hujjatlar ma'muriy ishlar bo'yicha Denov tuman sudiga yuborilgan.
15.10.2020 yilda ma'muriy ishlar bo'yicha Denov tuman sudi tomonidan fuqarolar A.T., Z.Sh., S.A., X.O'. va X.U. larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJTKning 183-moddasi, 194-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan ma'muriy huqubuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularning xar biriga 7 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi qo'llanilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan I.M. ga nisbatan 2020 yil 24 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-kismi bilan ayblov e'lon qilinib, "munosib xulq-atvorda bo'lish to'g'risida tilxat" ehtiyot chorasi qo'llanilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan A.S. ga nisbatan 2020 yil 25 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-kismi, 112-moddasi 1-qismi bilan ayblov e'lon qilinib, "munosib xulq-atvorda bo'lish to'g'risida tilxat" ehtiyot chorasi qo'llanilgan.
Jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari 2020 yil 25 avgust kuni ayblov dalolatnomasi tuzilib, jinoyat ishi ayblanuvchiga tanishtirilib, jinoyat ishi mazmunan ko'rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo'yicha Denov tuman sudiga yuborilgan.
14.10.2020 yil kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Denov tuman sudi tomonidan M.I. O'zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-kismi bilan aybli deb topilib, unga 2 (ikki) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi S.A. O'zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-kismi, 112-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga oylik ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat hisobiga ushlagan xolda 2 (ikki) yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazoasi tayinlangan.
Ushbu videomurojaatda "A" ismli shaxs va uning turmush o'rtog'i farzandlarni "sobiq DXX xodimi Ma'ruf" va uning qarindoshlari birgalikda urganligi bayon etib o'tgan holati yuzasidan shuningdek, o'zini "u" deb tanishtirgan shaxsni 2010 yilda "Ma'ruf" ismli shaxs urganligini, o'zini "D" deb tanishtirgan shaxsni 2013 yilda "A" ismli shaxs urganligini, o'zini "N" deb tanishtirgan shaxsni 2018 yilda "muqim" ismli shaxslar urib tan jarohati etkazganligi holati yuzasidan hozirda Denof tumani bo'yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati