RASMIY MUNOSABAT: Denov tumani A.Xidoyatov SIU "Ushor" mahallasi
Joriy yilning 27-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryo viloyatidagi tog'li hudud mahallalaridan birida ommaviy mushtlashuv sodir bo'lganligi aytilmoqda (odamlarning qo'llarida yog'och bo'laklari va tayoqlar ham bor)" nomli sarlavha ostida tarqalgan video yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari jarayonida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
2021 yilning 19 dekabr kuni taxminan saot 15:00 da Denov tumani A.Xidoyatov SIU "Ushor" mahallasida yashovchi fuqarolar T.X., N.N. va N.A. lar qarindoshlari fuqarolar R.A., O.A. va O.L. lar oldindan davom etib kelayotgan er masalasida kelishmovchiliklar bo'lganligi sababli, fuqaro N.N. qo'shnisi fuqaro O.A. bilan o'zaro tortishib qolib, bir birlarini haqoratlab tan jaroxati etkazgan.
Holat yuzasidan Denov tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, 2022 yil 11 yanvar kuni hukukbuzarlarga tegishli chora kurish uchun ma'muriy tartibda Denov tuman sudiga yuborilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati