RASMIY MUNOSABAT: Denov tumani
Ijtimoiy tarmoqlarda "video (+18) Denov tumani "Buyuk zamin" mahalla raisi Qoraev Sherzodning qora qilmishlari yoki "Buyuk zamin" mahalla fuqarolarining – "Buyuk xo'rlanishlari" degan video murojaat yuzasidan
Mazkur video murojaat Denov tumani bo'yicha IIO FMB mas'ul xodimlari tomonidan o'rganilganida quyidagilar aniqlandi.
Denov tumani "Buyuk zamin" mahallasida yashovchi fuqaro Oripov qaynar Boymurotovich o'z murojaatida o'zi yashab kelayotgan tumandagi "Buyuk zamin" mahalla fuqarolar yig'ini raisi Qaraev Sherzodbek 2020 yil 28 may kuni 3 bosh qo'ylarni unga tegishli bo'lgan tomorqasiga olib kirib, ekilgan poliz mahsluotlarni payxon qilib, u bilan janjallashib qolganini bayon etib, unga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani bo'yicha IIO FMB HPB profilaktika inspektori kapitan Z.O'rinov tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, 2020 yil 08 iyun kuni jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish va ma'muriy chora ko'rishlik haqida qaror qabul qilingan.
Ma'muriy ishlar bo'yicha Denov tuman sudi tomonidan 2020 yil 06 iyul kuni fuqaro q.Oripovning murojaati yuzasidan to'plangan hujjatlar O'zbekiston Respublkasi MJTKning 276-moddasiga asosan qo'shimcha surishtiruv ishlari olib borishlik uchun Denov tumani bo'yicha IIO Fmbga yuborilgan.
Denov tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro q.Oripovning murojaati nazorat tartibida o'rganilib chiqilib, 2020 yil 27 iyul kunida Denov tuman IIO FMB XPB profilaktika inspektori kapitan Z.O'rinovning 2020 yil 08 iyun kunidagi jinoyat ishini qo'zg'atishlikni rad etish va ma'muriy chora ko'rishlik haqida qabul qilgan qarori bekor qilinib, surishtiruv ishlari olib borishlik uchun Denov tuman bo'yicha IIO Fmbga yuborilgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan Denov tumani bo'yicha IIO FMB HPB profilaktika inspektori katta serjant F.Xolmurodov tomonidan qo'shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, 2020 yil 20 avgust kuni jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish va fuqaro Qaraev Sherzodbek Zikirovichga nisbatan O'zbekiston Respublkasi MJTKning 104-moddasi 1-qismi va 183-moddasi bilan hamda fuqaro Oripov qaynar Boymurodovichga nisbatan MJTKning 183-moddasi bilan ma'muriy chora ko'rish to'g'risida qaror qabul qilinib, ushbu qaror va to'plangan hujjatlar mazmunan ko'rib chiqishlik uchun 2020 yil 20 avgust kuni ma'muriy ishlar bo'yicha Denov tuman sudiga yuborilgan.
Voyaga etmagan Zikirov Zikiryo Sherzodbek o'g'lining harakatlarida ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari borligi sababli uning otasi Qaraev Sherzodbek Zikirovichga nisbatan O'zbekiston Respublkasi MJTKning 47-moddasi bilan ma'muriy chora ko'rishlik uchun voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha Denov tuman idoralararo komissiyasiga yuborilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati