Rasmiy munosabat: Denov shahri sanoatchilik mahallasi
2020 yilning 13 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "nima uchun ichki ishlar xodimlari bu kishini qo'lini qayiribolib ketishmoqchi-yu, nega bu odam qarshilik ko'rsatayapdi" sarlavhasi ostida, video tasvir tarqalganligi yuzasidan rasmiy munosabat.
Mazkur holat yuzasidan mas'ul xodimlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilganida quyidagilar aniqlandi.
2020 yilning 13 dekabr kuni taxminan soat 14-00lar chamasida viloyat IIB PPX 3-otryad safdor xodimlari S.Raupov va A.Ashurovlar Denov shaharr Bobodehqon bozori oldida yo'nalish bo'ylab, jamoat tartibini saqlayotgan vaqtida Mustaqillik ko'chasida qozish ishlari olib borilayotganligi sababli yo'llarda avtomashinalar bemalol harakatlanishi uchun, avtomashinalar tirbandligining oldini olish maqsadida, aylanma yo'l bo'ylab harakat qilishligi uchun VAZ-2106 rusumli (davlat raqami mavjud) avtomashinasi to'xtatilib, bir necha marotaba vaziyat hamda profilaktik tushuntirilishiga qaramasdan shu avtomashinada yo'lovchi sifatida kelayotgan Denov shahar sanoatchilik mahallasida yashovchi fuqaro B.B. IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan faol qarshilik qilib, jamoat joyida baqir-chaqir qilib, shovqin ko'tarib, fuqarolarning e'tiborini o'ziga qaratib to'polon qiladi.
Natijada fuqaro B.B.ni tuman IIBga olib ketish maqsadida, yordamchi kuch chaqirilib, olib ketiladi. Tegishli tartibda, fuqaro B.B. tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. Badanida biron bir tan jarohati hamda alkagol mastlik holati aniqlanmaydi.
Fuqaro B.B.ning hatti-harakatlarida O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning tegishli moddalarida ko'rsatilgan huquqbazarlik alomatlari borligi sababli tegishli moddalar bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, to'plangan hujjatlar qonuniy chora ko'rishlik uchun 2020 yil 13 dekabr kuni ma'muriy ishlar bo'yicha tuman sudiga yuborilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati