3 Iyul 2021 yil 677

Rasmiy munosabat; avval xabar qilganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda "Denovda keksa yoshli fuqaro IIB xodimlari qarshiligiga uchradi. O'z farzandlaring ko'z o'ngida IIB xodimlari shunday kuch ishlatsa-yu, raxbariyat sukut saqlasa! Afsus..."sarlavhasi ostidagi video murojaat yuzasidan,

Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan batafsil o'rganish ishlari olib borilganida quyidagilar aniqlandi.
Denov tumani "Chorgul" mahallasi raisi T.O'tkir (2021 yil 03 aprel kunidan buyon Chorgul mahallasi raisi lavozimida ishlab keladi.) tomonidan 2019 yil 19 iyul kuni Chorgul maxalla guzari qurish maqsadida shu mahallada joylashgan eski nonvoyxona 0,02 sotix er maydonini "E" elektron ma'lumotlar bazasi orqali auktsion asosida yutib olib, hujjatlashtirilib olgan va 2019 yil sentyabr oyida Denov tumani prokuraturasiga 0,02 sotix erni qaytarib olish uchun murojaat etgan. Prokuratura tomonidan ushbu hujjatlar ko'rib chiqish uchun fuqarolik ishlari bo'yicha Denov tumanlararo sudiga yuborilib, sudning 2019 yil 11 dekabr kuni T.O'tkir foydasiga hal qiluv qarori chiqarilgan.
Shundan so'ng, shu mahallada yashovchi, X.Azamat uning oldiga kelib, "auktsionda yutib olgan er bo'yicha mening hujjatim bor, bu er menga tegishli"- deb aytib, 3-4 kun vaqt oralig'ida ushbu er maydoniga o'zboshimchalik bilan ikki xonali uyni qurib olgan va shu kunga qadar A.Xidirov 0,02 sotix erni olish va shu erdan chiqmaslik uchun asossiz vajlar bilan yuqori turuvchi tashkilotlarga sudlarga murojaat etib kelgan.
2021 yilning 19 may kuni MIB Denov tuman bo'limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo'yicha Denov tumanlararo sudining 2020 yil 6 may kunidagi hal qiluv qaroriga asosan yuritilgan ijro xujjatiga asosan Denov tuman "Chorgul" maxallasidagi T.O'tkirga tegishli bo'lgan 0,02 sotix er maydonida o'zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda qurilgan ikki xonali uy joyni qarzdor X.Azamatning hisobidan majburiy tartibda buzdirish va qarzdor X.Azamat tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olingan 0,02 sotix er maydonini T.O'tkirga qaytarish to'g'risidagi ijro harakatini o'tkazish bo'yicha 2021 yil 3 may kunidagi talabnomasi yuzasidan MIB Denov tumani bo'limi xodimlaridan 2 nafar, FVB Denov bo'limidan 2 nafar, Chorgul mahallasi patranajidan 2 nafar hamshira, tuman IIO FMB HPB profilaktika inspektorlaridan 7 nafar xodimlar va Chorgul mahallasi kotibi hamda hududiy profilaktika inspektori yordamchilaridan 3 nafar xodimlar va 2 nafar xolislar ishtirokida Denov tumani Chorgul mahallasi "Chorgul shoh" ko'chasida joylashgan X.Azamatning noqonuniy qurgan uyiga ushbu uyni buzdirish bo'yicha ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida borilgan. Shu kuni hamkorlikda tashkil etilgan guruh xodimlari tomonidan fuqaro X.Azamatning noqonuniy qurilgan uyini buzish uchun ijroni ta'minlash maqsadida 1 dona "Lebhir" nomli texnika jalb etilgan. U erga borilgan vaqtda noqonuniy qurilgan uy eshiklari qulflanganligi, uyida hech kim yo'qligi ma'lum bo'lgan.
Shunda ijrochilar tomonidan ijroni amalga oshirishda xolis sifatida ishtirok etayotgan fuqarolarga ijro talabnomasi tushuntirilib, uy eshigi ijrochilar tomonidan ochilib, ichidagi narsa va buyumlar tashqari tomonga chiqarish harakatlari amalga oshirilayotgan vaqtda fuqaro X.Azamatning turmush o'rtog'i q.Qunduz kelib, ijro harakatiga to'sqinlik qila boshlaganidan keyin jamoat tartibini saqlash uchun jalb etilgan IIB xodimlari tomonidan ijro harakatining qonuniy talablari, shuningdek ijrodan norozi bo'lsa yuqori turuvchi idoralarga murojaat etishligi tushintirilgan va turmush o'rtog'i X.Azamatning ijro harakatlarida ishtirok etishi uchun kelishi kutib turilgan.
Shundan so'ng, oradan 30 daqiqalardan keyin fuqaro X.Azamat kelib, u ham noqonuniy qurilgan ikki xona uyini buzilishiga kelgan ijro xodimlarini ijro harakatlariga to'sqinlik qilib, ularning tushuntirishlariga qaramasdan ijro harakatiga qasddan qarshilik ko'rsatib, to'xatishga harakat qilganida IIB xodimlari tomonidan binodan uzoqroq masofada bo'lishi va bino ichiga kirmasligi tushuntirilib, unga tegishli barcha narsa va buyumlar tashqariga chiqarilganligi hozir "Lebhir" nomli texnika uy buzishga kirishishligi tushuntirilganda u o'zboshimchalik bilan uy ichiga kirib, yashirib qo'ygan oshxona pichog'ini olib, tashqariga chiqib, ijrochilarga ijro harakatlarini amalga oshirish uchun qarshilik ko'rsatayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan X.Azamatning qo'lidagi oshxona pichog'i olib qo'yilgan va shu jarayonda uning sog'ligi yomonlashib, hushidan ketib qolgan.
Shu vaqtning o'zida IIB xodimlari tez tibbiy yordamga qo'ng'iroq qilib shifokorlarni chaqirishgan. Hududiy tez yordam mashinasi boshqa yo'nalishdagi bemorlarga chiqib ketganligi sababli, X.Azamatni kechiktirmasdan IIB xodimlari xizmat avtomashinasi bilan Denov tumani shoshilinch tibbiy yordam bo'limiga olib borishgan.
Shundan so'ng fuqaro X.Azamatning yaqin qarindoshlari ijro vaqtida noqonuniy qurilgan ikki xona uyning oldi devor qismi buzilganidan so'ng, uyning qolgan qismini buzmaslikni, uyning qolgan qismini o'zlari buzib olishlarini aytib iltimos qilishgani inobatga olinib, ijro harakati to'xtatilib, 5 kun muddat ichida buzib olishlariga muhlat berilgan.
Ushbu holat bo'yicha ijroga jalb etilgan mas'ullar tomonidan fuqaro X.Azamat va uning turmush o'rtog'i q.Qunduz xamda ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan hech qanday jismoniy kuch ishlatilmagan, noqonuniy harakatlar va ruhiy tazyiqlar hamda haqoratli so'zlari ishlatilmagan.
Fuqaro X.Azamat va uning turmush o'rtog'i q.Qunduzlarga berilgan muddatda uyni buzib olishlari bo'yicha ijro xodimlari tomonidan 5 kun muddat berilib ogohlantirilishiga qaramasdan, ular tomonidan shu kunga qadar Denov tumani "Chorgul" mahallasi, "nurli Diyor" ko'chasi, 42-uyda yashovchi, fuqaro T.O'tkirga tegishli bo'lgan 0,02 sotix er maydoni qaytarib berilmasdan o'zboshimchalik bilan yashab kelishmoqda.
Fuqaro X.Azamat ijtimoiy tarmoqlarda yo'llagan videomurojaatida holatni bo'rttirib bayon etgan bo'lib, aslida ushbu videomurojaatning boshlanish qismida ko'rsatilgan videolavhada IIB xodimlari tomonidan X.Azamat o'ziga va boshqa shaxslarga biror-bir tan jarohati etkazmasligi uchun uning qo'lidagi oshxona pichog'ini olish jarayoni aks etgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech