21 May 2020 yil 413

RASMIY MUNOSABAT

Denov tumani hokimligi axborot xizmati
Denov tumani hokimligi tomonidan "Denov tumanida g'allaga seminar o'tkazib, shaxsiy avtomashina egalarining hujjatlarini va avtomobil davlat raqamlarini majburan olib qo'yishmoqda" deb ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar o'rganildi.
Xalqimizning rizq-ro'zi bo'lgan g'allani nes-nobud qilmasdan el dasturxoniga non va non mahsulotlarini sifatli etkazib berish maqsadida, Denov tumanida "g'alla – 2020" o'rim mavsumiga tayyorgarlik holatiga bag'ishlangan amaliy seminar tashkil etilgan.
Joriy yil g'alla mavsumi uchun tumanda 17 otryad shakllantirilgan bo'lib, 33 ta kombayn, 165 ta tashish texnikalari o'rish jarayoniga jalb etilgan.
Denov tumani hokimligi axborot xizmati
Etishtirilgan g'allani nes-nobud qilmasdan o'z vaqtida don qabul qilish maskanlariga etkazilishi bo'yicha Denov tumani IIO FM boshqarmasi YXHB boshlig'i kapitan B.Omonov tomonidan g'alla tashish texnikalarni texnik ko'rikdan o'tkazish, avtomashinani germitek holatlarini o'rganish, palagalar bilan ta'minlanishi nazorat qilinib, o'rganilgan.
Bundan tashqari, don mahsulotlarini tashish uchun avtomashinalarning davlat raqam belgilari echib olinib, ularga "g'alla 2020" maxsus raqamlar (namunada 1 Denov tumani g'alla 2020) berilgan. Ko'rikdan so'ng avtomashinalarga ruxsat berilgan.
Denov tumani hokimligi axborot xizmati

Text to speech