7 May 2021 yil 1846

Rasmiy ma'lumot:

Ijtimoiy tarmoqlarda "surxondaryolik zo'ravonni ko'ring, buni kim tartibga oladi, puli ko'pligidan quturgan boyni ko'ring" mavzusida tarqalib, ko'plab muhokamalarga sabab bo'lgan Xandalov Gulmurodning uy-joy masalasida Qayumova Sarvinozga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi Denov tuman sudi tomonidan ko'rib chiqildi.
Xandalov Gulmurodga nisbatan Denov tuman sudi tomonidan 2021 yil 7 may kunidagi qarori bilan O'zbekiston Respublikasi MJTKning 40 moddasi, 41 moddasi, 52 moddasi 2 qismi, 61-2 moddaning 1 qismi, 200 modda bilan aybli deb topilib, eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Tomonlarning uy-joy masalasidagi nizo fuqarolik tartibida hal qilinishi tushuntirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech