15 Mart 2022 yil
678
Rasmiy munosabat: Ijtimoiy tarmoqlarda “8- mart ayollarni xo‘rlash kunimi? Surxondaryoda. IIB xodimlari ayolni kaltaklab tuxmat qani adolat” sarlavhasi ostida tarqalgan video murojaat yuzasidan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.
2022 yil 1 mart kuni Sho‘rchi tumani “Kushon” mahallasida yashovchi fuqaro D.Mengqobil tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil 23 fevral kuni soat 07:30 larda Sho‘rchi tumani “Kushon” mahallasi hududida joylashgan 67-sonli o‘rta ta’lim maktabining qorovulxonasida elektr quvvatlagichda turgan 2.000.000 so‘mlik “Samsung A-12” rusumli qo‘l telefoni va elektr quvvatlagichi noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketganligi sababli unga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan, 2022 yil 2 mart kunida Sho‘rchi tumani IIB tergov tezkor guruhi tomonidan Sho‘rchi tumani 67-sonli o‘rta ta’lim maktabi ko‘zdan kechirilganda, mazkur maktabning binosida kuzatuv kamerasi mavjudligi aniqlanib, ko‘zdan kechirilganda maktabda farrosh bo‘lib ishlovchi fuqaro R.Adolat qorovulxonaga kirib qo‘l telefonini olib hodisa sodir bo‘lgan joydan chiqib ketganligi holati tasvirga tushirilgan video tasvirlar borligi aniqlangan va tegishli tartibda hujjjatlashtirib olingan.
Shuningdek, 2022 yil 3 mart kunida fuqaro D.Mengqobilga tegishli “Samsung A12” rusumli qo‘l telefoni va elektr quvvatlagich fuqaro R.Adolatning yashash uyining tomorqasida, qora rangli poletelin paketga o‘rab ko‘mib qo‘yilganligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan, fuqaro R.Adolatga nisbatan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 2022 yil 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Yuqorida ko‘rsatilgan ijtimoiy tarmoq orqali fuqaro R.Adolatga nisbatan IIB xodimlarining harakatlariga huquqiy baho berish uchun to‘planayotgan hujjatlar bo‘yicha tegishli tartibda xizmat tekshgiruvi tayinlangan.

Ma’lumot o‘rnida, tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, ya’ni ishni har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorga yoxud adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilayotgan har qanday asossiz, biron-bir tizimni obro‘sizlantiruvchi malumotlarga ishonib, noto‘g‘ri fikr bildirmasliklaringizni, masalaning tub mohiyatini o‘rganib, sharh berishlaringizni iltimos qilamiz.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati