24 Mart 2021 yil 529

Rashk qilgan edim, erim urdi

Sherobod tumanida 2021 yilning 20 fevral kuni tumanning "Do'stlik" mahallasida yashovchi, S.M. ismli ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yilning 19 fevral kunidan 20 fevral kuniga o'tar kechasi birga yashovchi, turmush o'rtog'i, B.R. o'zaro janjal sababli qo'li bilan yuziga urib tan jarohati etkazganligini ma'lum qilgan. S.M.ga "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan. Mazkur holat yuzasidan, 17 mart kuni B.R.ni turmush o'rtog'i S.M.ning rashq qilib, janjal qilganligi sababli o'rtada yuzaga kelgan o'zaro kelishmovchilik natijasida urgan B.R.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech