17 May 2021 yil 571

"Qurol muomilasi bo'yicha targ'ibot-tashviqot dolzarb oyligi" o'tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyat IIB PPX va JTSB nazorat lisenziyalash faoliyatini tashkil etish guruhi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 dekabr kunidagi 810-sonli qarori joriy yilning 27 mart kuni kuchga kirganligi munosabati bilan "qurol to'g'risida"gi qonun asosida tartibga solingan bo'lib, unga muvofiq o'qotar qurol bilan bir qatorda pnevmatik, tig'li sovuq, uloqtirish, signal beruvchi, o'zini o'zi himoya qilish va boshqa qurol turlari muomalasiga alohida tartiblar belgilanganligini fuqarolar e'tiboriga etkazish maqsadida profilaktik ishlar bilan bir qatorda targ'ibot ishlari ham amalga oshirilib kelinmoqda.
Mazkur qonunga asosan og'iz qismidagi quvvati 7,5 Jouldan yuqori va kalibri 4,5 millimetrdan ortiq bo'lgan pnevmatik ov quroli va og'iz qismidagi quvvati 3 Jouldan yuqori bo'lgan pnevmatik sport quroli, o'zini o'zi himoya qilish qurollariga egalik qilish ichki ishlar organlarining ruxsatnoma hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 810-son qarorining 2-bandiga asosan qaror kuchga kirganidan keyin uch oy ichida "qurol to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslardagi mavjud pnevmatik qurollar ichki ishlar organlarida ro'yxatga to'liq qo'yilishi belgilangan.
Bunda alohida e'tibor, qurollarning, ayniqsa yangi turdagi muomilasiga yangidan tartib o'rnatilgan qurollarning tasniflanishiga, ularni rasmiylashtirish tartib-taomillariga, endilikda qurol-yarog'muomilasi sohasida ko'rsatiladigan davlat xizmatlari pullik tartibda amalga oshirilishi belgilangan.
Jismoniy va yuridik shaxslardagi pnevmatik qurollarning parametrlarini aniqlashda ushbu qurolga "O'zstandart" agentligi tomonidan berilgan sertifikati yoki ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika bo'linmalari tomonidan berilgan ma'lumotlar asos bo'ladi.
Bunda agar jismoniy va yuridik shaxslarda mavjud pnevmatik qurollarning hujjatlari umuman bo'lmaganda, ushbu qurollarning parametrlarini aniqlash hamda ichki ishlar organlariga ro'yxatga qo'yish uchun vaqtincha olinishi hamda ekspert-kriminalistika bo'linmalariga topshirilishi majburligi to'g'rsida targ'ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
gazli qurol — ko'zdan yosh oqizadigan yoki achishtiradigan moddalar bilan to'ldirilgan gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar;
elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar va shikast etkazuvchi ta'siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalar.
Fuqaroviy o'qotar qurol qatorasiga o'q uzishni istisno etishi va o'qdon (baraban) sig'imi o'n dona patrondan ortiq bo'lmasligi kerak.
Jismoniy va yuridik shaxslarga fuqaroviy va xizmat qurollarining muomilasiga doir tartib-taomilarini belgilovchi qarorning mazmun-mohiyatini va amaliy ahamiyatini, ma'muriy va jinoiy javobgarlik oqibatlarini etkazish, aholi o'rtasida keng targ'ibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini o'tkazish maqsadida, joriy yilning 1 aprelidan boshlab, Surxondaryo viloyatida "qurol muomilasi bo'yicha targ'ibot-tashviqot dolzarb oyligi" o'tkazilib kelinmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech