11 Iyul 2020 yil 983

"Qurol" maxsus profilaktik tadbiri o'tkazilmoqda

O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 iyuldagi "qurol to'g'risida"gi O'RQ-550-son Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 apreldagi Farmoni talablari asosida fuqarolarga tegishli bo'lgan qurollarning saqlanishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, qurol bilan bog'liq nohush holatlarning oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.
O'tkazilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida, "O'zbekiston Respublikasi hududida fuqarolar tomonidan qurol va uning o'q-dorilarini saqlash qoidalariga rioya etilishini ta'minlashga qaratilgan shartli nomlangan "qurol" maxsus profilaktik tadbirini o'tkazish bo'yicha namunaviy reja"si ishlab chiqilib, mazkur reja asosida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Surxondaryo viloyatida "qurol" maxsus profilaktik tadbiri davomida jami tekshiruvga ichki ishlar organlari xodimlari, ovchilik jamiyatlari xodimlari jalb qilinib, shaxsiy qurol egalari 2127 nafarni tashkil qiladi.
Tadbir boshidan hozirga qadar, 1936 nafar qonuniy ov quroliga ega bo'lgan ovchilarning o'q-otar ov qurollarini saqlash tartiblari o'rganilib, ular bilan profilaktik suhbatlar o'tkazildi. Ovchilik jamiyatiga a'zo bo'lganlardan ov qurolini saqlash va foydalanishda tegishli yo'riqnomalarga qat'iy amal qilishlari bo'yicha til xatlar olindi.
O'rganishlar davomida, 249 nafar ovchilarda qoidabuzarliklar aniqlanib, ovchilik biletining amal qilish muddati o'tib ketganligi, o'q-otar ov qurolini saqlash va olib yurishga ruxsatnomaning amal qilish muddati o'tib ketganligi, qurol va o'q-dorilarni saqlash qoidalarini buzish, seyf holati qoniqarsizligi, qurol va o'q-dorilarni birga saqlanishi holati, qurolning texnik nosozligi va boshqa bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi.
Qurolga egalik qilishga nomuvofiq hulq-atvor, oilasi notinch, ichkilikka ruju qo'yganlar turmush tarzi va o'zga salbiy asoslar aniqlanib ularga nisbatan tegishli choralar Ko'rildi.
Shuning barobarida, qoidabuzarliklar aniqlangan 16 ta ov qurollari olib qo'yilib, kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar vaqtinchalik saqlash uchun hududiy ichki ishlar bo'limlariga topshirilgan bo'lsa, 1 ta holatda O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 220 - va 222-moddalari bo'yicha ko'rib chiqish uchun tegishli sud organlariga yuborilgan, 57 ta holatda O'zbekiston Respublikasi MJTKning 221-moddasi talablarini buzganligi uchun 1.059600 (bir million ellik to'qqiz ming olti yuz) so'm jarimalarga tortilgan bo'lsa, 2 ta ruxsatnomalar bekor qilindi. 4 ta qurol ixtiyoriy ravishda hududiy ichki ishlar bo'limiga topshirilgan bo'lsa, 3 ta holatda ovchilik jamiyati a'zoligidan chiqarish bo'yicha taqdimnomalar kiritildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech