27 Noyabr 2021 yil 526

Qurilish mollari va boshqa narsalarni o'g'irlagan shaxs aniqlandi

Denov tumanida 2021 yil 4 noyabr kuni, tumanning "Chag'aniyon" mahallasida yashovchi, G.Gulboy (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 3 noyabr kuni yashash uyidan 1.400.000 (bir million to'rt yuz ming) so'mlik 1 dona suv bochkasi, 400.000 (to'rt yuz ming) so'mlik temir pechkasi, 750.000 (yetti yuz ellik ming) so'mlik akfa eshigi va 2.500.000 (ikki million besh yuz ming) so'mlik armatura, kafel, va tsement mahsulotlarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'irlikni, tumanning "Surnaytepa" mahallada yashovchi, D.Davron o'g'irlab ketganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalillar olingan. 6 noyabr kuni D.Davronga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddast 2-qismi "b,g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech