22 Dekabr 2021 yil 503

Qumqo'rg'onlik shaxs yer sotishini va'da qildi. Ammo...

Sho'rchi tumanida 2021 yil 1 dekabr kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasidan tushgan hujjatlarga ko'ra, tumanning "Savurtepa" mahallasida yashovchi, I.Ikromning (ism shariflar o'zgartirilgan) arizasiga asosan o'tkazilgan tergovga qadar surishtiruv davomida, Qumqo'rg'on tumani "Gultepa" mahallasida yashovchi, T.Toshmurod shu yil avgust oyida, "Gultepa" mahallasida joylashgan fermer xo'jaligi hisobida bo'lgan 10 sotix yer maydonini sotish huquqi bo'lmasada, uni o'ziga tegishli ekanligini, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va'da qilib, undan 33 000 000 (o'ttiz uch million) so'm pullarni olib, bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o'zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligi aniqlangan. 1 dekabr kuni T.Toshmurodga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech