13 Sentyabr 2020 yil 790

Qumqo'rg'ondagi 3-sektor hududida mini stadion qurildi

Qumqo'rg'on tumanidagi 3-sektor hududida joylashgan "Ariqoshgan" mahalla fuqarolar yig'inida yoshlar uchun mini stadion qurib, foydalanishga topshirildi.
Ilgari tashlandiq qamishzor bo'lib yotgan hudud tadbirkor Eshmo'min Hamraevning tashabbusi bilan obod qilinib, ajoyib stadion barpo etildi. Bu esa mahalla ahlini, ayniqsa, yoshlarni yanayam quvontirdi.
Ushbu ajoyib loyihani amalga oshirishda tadbirkorga tashlandiq er hamda qurilish uchun tijorat bankidan kredit olishda sektor rahbari, tuman IIB boshlig'i, podpolkovnik o'tkir Shukurov amaliy yordam berdi. Shundan so'ng, ishlar boshlanib, bir pasda mana shunday mo''jaz maskanga aylandi. Endi bu erda mahalladagi sportga ishtiyoqmand bolalar futbol, voleybol hamda stol tennisi kabi sport o'yinlarini o'ynash imkoniga ega bo'lishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech