22 Noyabr 2021 yil 495

Qumqo'rg'onda, "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" aktsiya doirasida tadbir o'tkazildi

Qumqo'rg'on tumanida, ichki ishlar bo'limi tashabbusi bilan "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasi doirasida tadbir o'tkazildi.
Tadbirda tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori podpolkovnik I.Palvonova, tuman Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i, o'rinbosarlari Ch.Qultaev, S.Valieva hamda ishtirok etib, O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentabr kunidagi "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi Qonunining mazmun mohiyati bilan tanishtirdi.
Tadbir davomida, zo'ravonlik, tazyiq va zo'ravonlik jabrlanuvchisi hamda himoya orderi, tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga davlat himoyasini beruvchi hujjat to'g'risida batafsil ma'lumotlar ham berib o'tildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga mavzuga doir bukletlar tarqatildi.

Text to speech