30 May 2021 yil 607

Qumqo'rg'onda yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.

Qumqo'rg'on tumani 3-sektor hududiga qarashli "Cho'kirli" mahallasida tuman IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari N.N.Narzullaev, tuman hokimi R.Gapparov, tuman prokurori Sh.Akramov va DXX boshlig'i E.Sherovlar ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Muloqot davomida, har bir yoshning muammolari, tashabbuslari, takliflari tinglandi. Ish bilan band bo'lmagan yoshlarning murojaatlariga ko'ra, ularning bandligini taminlash maqsadida, ularga dehqonchilik bilan shug'ullanishlari uchun er ajratish, tikuv mashinalari hamda zarur mehnat uskunalari bilan taminlash bo'yicha masullarga topshiriq va ko'rsatmalar berildi. Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan mutasaddilar tomonidan tegishli javoblar olishdi.


Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech