1 Mart 2022 yil
472
Qumqo'rg'onda, "Uyushmagan yoshlarni sport ostida birlashtiramiz!" shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi
Qumqo'rg'on tumanida ham yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularni sportga jalb etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tumandagi 61 ta mahallalarda "Sektor rahbarlari kubogi" uchun turli sport musobaqalari o'tkazilib kelinmoqda. 3-sektor hududiga qarashli Islomobod mahallasida bo'lib o'tgan tadbirda ham sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shashka o'yinlari, milliy kurash musobaqalari tashkil etildi.
G'oliblar sektor rahbarlari tomonidan pul mukofoti va esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.