Qumqo'rg'onda sport bo'yicha 3-sektor rahbari kubogi o'tkazildi
Qumqo'rg'on tumani 3-sektor hududida yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish masalasiga ham e'tibor qaratilmoqda.
Kuni kecha 3-sektor hududida uyushmagan yoshlar o'rtasida tuman IIB boshlig'i, mayor Nurimbek Narzullaev tomonidan sportning milliy kurash turi bo'yicha "Qumqo'rg'on tumani 3-sektor rahbari Kubogi" o'tkazildi.
Unda sektor hududidagi 12 ta mahallaning 150 nafardan ortiq kurashchi-polvon yoshlari ishtirok etib, o'z kuchlarini sinab ko'rishdi.
Bundan tashqari, viloyatimizning turli tumanlaridan 50 nafardan oshiq nomdor polvonlar ishtirok etib, g'olib bo'lgan polvonlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
Tadbir yakunida Qumqo'rg'on tumani 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig'i, mayor Nurimbek Narzullaev yoshlar o'rtasida futbol musobaqasiga ham start berdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati