24 Avgust 2021 yil 575

Qumqo'rg'onda sodir etilian o'g'irlik jinoyat fosh etildi.

Joriy yilning 08 iyul kuni Qumqo'rg'on tumanining "Beshqaxramon" mahallasida joylashgan "202" nomli telefon va aksessuarlar savdo do'konidan 79.870.000 so'm bo'lgan 45 dona Android dasturli telefon apparatlari hamda bir qancha aksessuarlar va oddiy rusumdagi telefon apparatlarini o'g'irlab ketilgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Qumqo'rg'on tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan. Tezkor surishtiruv natijasida ushbu o'g'irlikni uzun tumanida yashovchi fuqaro A.D sodir etganligi aniqlandi.
Tuman IIB tomonidan tuzilgan ishchi gurhi jinoyat sodir etilgan joyga borib, jinoyatchi ishtirokida voqea joyi o'rganildi.
Tadbir davomida tumandagi Istiqlol bosh bekati mas'ul xodimi hamda tuman IIB boshliqlari shu erdagi aholi ishtirokida sodir etilgan jinoyat atroflicha muhokama etildi. Tuman IIB boshlig'i yig'ilganlarga hech bir huquqbuzarlik yoki jinoyat jazosiz qolmasligi, o'zganing haqi baribir birovga ato qilmasligi, nafs yo'lida yosh umrini xazon qilayotganlarning xatolari boshqalarga saboq bo'lishi haqida to'xtalib o'tdi.
Jinoyatga jazo muqarrar. Qilmish-qidirmish deydilar. Oson pul topishni o'ylab yo'l qo'ygan qaltis qadamlar esa bir umrlik pushaymonga sabab bo'ldi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech