9 Oktyabr 2021 yil
543
Qumqo'rg'onda qidiruvda bo'lgan shaxs qo'lga olindi
Qumqo'rg'on tumanida 2020 yil dekabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha Qumqo'rg'on tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Elobod" mahallasida yashovchi, K.Abdulla 2021 yil 29 sentabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati