11 Fevral 2022 yil 777

Qumqo'rg'onda, o'g'irlik jinoyatini sodir qilgan shaxslar qo'lga olindi

Qumqo'rg'on tumanida 2022 yil 31 yanvar kuni Denov tumanida yashovchi, T.Karim (ism shariflar o'zgartirilgan) viloyat IIBning qisqa raqamli "102" xizmatiga murojaat qilib, 1 fevral kunidan 2 fevral kuniga o'tar kechasi noma'lum shaxslar Qumqo'rg'on tumani hududida joylashgan savdo do'konidan jami narxi 12.000.000 (o'n ikki million) so'mlik 6 dona Android dasturli telefon apparatlarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini Qumqo'rg'on tumanida yashovchilar, A.Dilshod, A.Davron va D.Kamronlar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 3 fevral kuni A.Dilshod, A.Davron va D.Kamronlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v,g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech