9 Oktyabr 2021 yil 386

Qumqo'rg'onda o'g'irlik jinoyatini sodir etgan shaxslar qo'lga olindi

Qumqurg'on tumanida 2021 yil 28 sentabr kuni tumanning "Jarqishloq" mahallasida yashovchi, K.Aliyor tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 26 sentabr kunidan 27 sentabr kuniga o'tar kechasi hovlisida joylashgan molxonasidan 3.300.000 (uch million uch yuz ming) so'mlik bir bosh buzog'ini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni Denov tumanida yashovchilar, T.Sobir va E.Anvarlar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 1 oktyabr kuni T.Sobir va E.Anvarlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v,g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech