17 Yanvar 2022 yil 516

Qumqo'rg'onda, jinoyatchilik muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi

Giyohvandlik illati ortidan qanchadan-qancha insonlar umri zavol, oilalar parokanda bo'ladi, farzandlar ko'zida yosh qalqiydi.Shu bois ham doimo unga qarshi kurashish lozim.
Qumqo'rg'on tumani Yangier mahallasida tuman hokimi R.Gapparov, tuman IIB boshlig'i N.Narzullaev, tuman DSI boshlig'i Z.Tursunov va mahalla raislari ishtirokida o'tkazilgan yig'ilishda "Surxon sohili" mahallasida fosh etilgan giyohvandlik jinoyati muhokama etildi.
Qumqo'rg'on tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir jarayonida giyohfurushlik bilan bog'liq jinoyat fosh etildi.
Qumqo'rg'on tumanida yashovchi 1977 yilda tug'ilgan M.S umumiy vazni 2,86 gramm bo'lgan "opiy" giyohvandlik vositasini shu tumanda yashovchi boshqa shaxsga 1 000 000 (bir million) so'mga qonunga xilof ravishda sotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi.

Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar jarayonida M.S. ushbu giyohvandlik vositasini Denov tumanida 1997 yil tug'ilgan, Surxon sohili mahallasida nonvoyxonada nonvoychi bo'lib ishlovchi R.N dan sotib olganligi ma'lum bo'ldi.
Mazkur holat yuzasidan, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech