14 Oktyabr 2021 yil 417

Qumqo'rg'onda ikki o'g'irlik jinoyati fosh etildi

Halol topilmagan luqmaning halovati bo'lmaydi. Oson pul topish ilinjida birovning haqqiga xiyonat qilish esa - jinoyatdir.
Qumqo'rg'on tumani IIB xodimlari tomonidan Denov tumanida yashovchi shaxs Qumqo'rg'onga kelib, sodir etgan o'g'irlik jinoyati fosh etildi.
2021 yil 28 sentabr kuni Qumqo'rg'on tumani "Jarqishloq" mahallasida yashovchi Sh.B xonadonidan bir bosh buzog'ini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligi to'g'risida tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan, Qumqo'rg'on tumani IIB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilgan. Natijada, Denov tumani fuqarosi S.T va A.A tomonidan sodir etilgan bir emas, ikki jinoyat aniqlangan.
Olib borilgan tergov surushtiruv harakatlari davomida tumaning "Yangier" mahallasida yashovchi fuqaro G.A. ning yashash uyi molxonasida bahosi 3.000.000 (uch million) so'mlik bir bosh buzog'ini o'g'irlab ketgan shaxslar ham denovlik S.T va A.A ekanligi ma'lum bo'lgan.
Ushbu shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech