Qumqo'rg'onda firibgarning firibi fosh bo'ldi
Qumqo'rg'on tumanida 2021 yil 16 avgust kuni, tumanning "Bo'ston" mahallasida yashovchi, X.Otabek, tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 11 iyul kuni tumanning "Bog'aro" mahallasida yashovchi, X.Murodbek, 10.500.000 (o'n million besh yuz ming) so'mlik 1 bosh qora molini sotib, pulini tez kunda olib kelib berishini aytib, pullarni hozirgi kunga qadar bermasdan kelayotganligini ma'lum qilgan. Bundan tashqari X.Murodbek 2021 yil 27 iyul kuni tumanning "Xo'jaqishloq" mahallasida yashovchi, M.Alijonning ishonchiga kirib, unga tegishli bo'lgan "Spark" rusumli avtomashinasini 57.000.000 (ellik etti million) so'mga savdolashib, shundan 10.000.000 (o'n million) so'mini berib, mashinani olib ketib, qolgan pullarni bermasdan kelayotganligi aniqlangan. 8 sentyabr kuni X.Murodbekka nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati