12 Fevral 2022 yil 1918

Qumqo'rg'onda, firibgarlik qilgan ayolga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Jarqo'rg'on tumanida 2022 yil 7 yanvar kuni, tumanning "Do'stlik" mahallasida yashovchi, D.Jamol (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil aprel oyida, Qumqo'rg'on tumanida yashovchi, A.Kamola o'ziga tegishli Lasetti rusumli avtomashinasini unga 100 000 000 (yuz million) so'mga kelishib, shundan 98 000 000 (to'qson sakkiz million) so'm pullarni D.Jamoldan olib, avtomashinani hujjatlashtirib bermasdan, ushbu pullarni o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. 4 fevral kuni A.Kamolaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech