29 Oktyabr 2021 yil 383

Qumqo'rg'onda bezorilik qilgan ayol jinoiy javobgarlikka tortildi

Qumqo'rg'on tumanida 2021 yil 15 oktabr kuni, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, 7 oktabr kuni soat 06.30 larda, tumanning "Sahovat" mahallasi hududida, shu mahallada yashovchi, D.Oygulni (ism shariflar o'zgartirilgan) Sho'rchi tumanida yashovchi, A.Lola jamiyatda yurish turish qoidasini qasddan buzib, mensimasdan urib, yengil tan jarohati yetkazgan. 15 oktabr kuni A.Lolaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech