29 Mart 2021 yil 620

Qumqo'rg'onda 3-sektor hududidagi murojaatchilarga yanada qulaylik yaratildi

Qumqo'rg'on tumani 3-sektor rahbari, IIB boshlig'i N.Narzullaev tomonidan ezgu tashabbus yo'lga qo'yildi. Sektor hududidiga qarashli 12 ta mahallalarda yashovchi aholini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularnining ortiqcha sarsongarchiliklarini oldini olish va murojaatlarini o'z vaqtida ko'rib chiqish maqsadida 12 ta anonim quti yasatilib, 12 ta mahalla binosiga joylashtirildi.
Endi yoshlar va aholi o'zini qiynab kelayotgan murojaatlarini yozma ravishda ushbu qutiga tashlaydi. Ushbu quti esa mas'ul xodimlar tomonidan har xaftaning ikki kunida quti ochilib, aholining yozma murojaatlari va takliflari sektor rahbariga etkaziladi.
Bu xayrli ishlar aholining yashash sharoitini yaxshilash, ularning muammolariga o'z vaqtida echim topishga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech