26 May 2021 yil 528

Qumqo'rg'on tumanida "yoshlar festivali" tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 11 martdagi "yoshlarni ijtimoiy qo'llab quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi 132-son qarori talablari ijrosini ta'minlash maqsadida, 2021 yilning 25 may kuni Qumqo'rg'on tumani "Navro'z" istirohat bog'ida "uyushmagan yoshlar festivali" bo'lib o'tdi.
Tashkil etilgan festivalda tumanning 4 ta sektor rahbarlari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun kontsert uyushtirilib, yoshlar ma'naviy hordiq olishdi.
Shu bilan bir qatorda, 3-sektor rahbari N.Narzullaev har bir yoshlar bilan suhbatlashib, "yoshlar daftari" ga kiritilgan 8 nafar yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida, 8 dona tikuv mashinasi tarqatildi va ularga topshirilgan tikuv mashinalaridan maqsadli foydalanish tushuntirdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech