Qumqo'rg'on tumanida, "karantin davrida uyda bo'ling!"- aktsiyasi o'tkazildi
Qumqo'rg'on tuman sektor rahbarlari tashabbuslari bilan har bir sektor hududida turli aktsiyalar o'tkazilib kelinmoqda.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, Qumqo'rg'on tumanida istiqomat qiluvchi odamlarning hamjihatligini ta'minlash, aholi o'rtasida karonavirus kasalligining oldini olish hamda karantin davrida odamlar uyida farzandlari bilan unumli mashg'ular bilan o'tkazish borasidagi targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta'minlangan oilalarga arzonlashtirilgan hamyonbop narxlarda oziq-ovqat mahsulotlarining sotuvi ham yo'lga qo'yildi.
Buning misolida, 3-sektor rahbari tuman IIB boshlig'i hududiga qarashli, tuman markazidan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan "Islomobod" mahallasida ham 200 ta non, 200 ta karantin niqobi aholiga bepul tarqatilib, go'sht mahsuloti 35000 so'mdan, o'simlik yog'i 5000 so'mdan sotilishi ta'minlandi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati