22 Iyun 2020 yil
676
Qumqo'rg'on tumanida kambag'allikni qisqartirish choralari davom etayapti
Ezgu tadbirlarning bu galgisi 3-sektor hududida bo'lib o'tdi. "Islomobod farovon" fermer xo'jaligi dalalarida tashkil etilgan aktsiyada tuman hokimi R.Gapparov, 3-sektor hududi rahbari O'.Shukurov hamda tegishli fermer xo'jalik rahbarlari, mas'ullar, ushbu hududdagi 10 ta mahallalar fuqarolari ishtirok etishdi. Aktsiya doirasida 57 nafar kam ta'minlangan oilalarga 30 sotixdan er maydonlari ajratilib berildi.
"Qo'ldan berganga qush to'ymas" degan naql bor, xalqimizda. Shu bois ham kam daromadli oilalarga pul topishga imkoniyat yaratib berilayotganligi nafaqat fuqarolar, balki davlat va jamiyat uchun foydadan holi bo'lmaydi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati