26 May 2021 yil 576

Qumqo'rg'on tumani 3 - sektorida faol bitiruvchi o'quvchilar taqdirlandi

2021 yil 25 may kuni Qumqo'rg'on tumani 3-sektor xududidagi 59-sonli maktabda "So'ngi qo'ng'iroq bayram" tadbiri tashkil etildi.
Tashkil etilgan bayram tadbirida, Qumqo'rg'on tumani IIB boshlig'i mayor N.Narzullaev ishtirok etib, muhtaram Prezidentimizning yoshlarga yo'llagan murojaatnomasini o'qib eshittirib, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo'llab quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so'z yuritdi.
Shundan so'ng, maktabdagi a'lochi, faol o'quvchilarga maqtov yorliqlari va faxriy yorliqlarni topshirib, bitiruvchi yoshlarning kelgusidagi o'qish va ishlariga omadlar tiladi.
Shu bilan birga tuman markazidagi "Navro'z" istirohat bog'ida maktab bitiruvchi yoshlari uchun tashkil etilgan "yoshlar festivali"ga 42 nafar maktab bitiriruvchilarni taklif etib, bayram tadbirida ularning ishtirokini ta'minlash uchun mikroavtobuslar tashkillashtirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech