10 Aprel 2021 yil 348

"Qumqo'rg'on tumani 3-sektor rahbari Kubogi" musobaqasi g'oliblari taqdirlanishdi

Qumqo'rg'on tumani 3-sektor hududida, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqori iqtisodiy o'sishga erishish hisobidan xalqimizning farovonligini oshirish va kundalik hayotdagi muammolarini hal etish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabr kunidagi Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, "yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi amalga oshirilmoqda.
Buning misoli sifatida, Qumqo'rg'on tumanining 3-sektor hududida ham uyushmagan yoshlar o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda Qumqo'rg'on tumani IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari N.Narzullaev tomonidan 3-sektor hududida joylashgan 12 ta mahallaning uyushmagan yoshlari o'rtasida sportning "futbol" turi bo'yicha "Qumqo'rg'on tumani 3-sektor rahbari Kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi.
O'tkazilgan musobaqa davomida, 140 nafar uyushmagan yoshlar ishtirok etib, o'z kuchlarini sinab ko'rishdi.
Ushbu futbol musobaqasi finalda "g'alaba" va "Sheroziy" MFY yoshlari o'rtasidagi o'yinda, 1-o'rinni "Sheroziy" MFY yoshlari g'alaba qozonishdi va g'oliblarga turli qimmatbaho sovg'alar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech